Koreyslar
Koreyslar (o’zlarini Choson saram — Choson mamlakati odamlari deb atasha- Di) — Koreyaning asosiy aholisi. KXDR da (22,5 mln. kishi), Koreya Respublika- sida (44 mln. kishi), RF da (107 ming kishi), Xitoyda (1,86 mln. kishi), Yaponi- yada (670 ming kishi), O’zbekistonda (183 ming kishi), Qozog’istonda (103,3 ming kishi) yashaydilar. Umumiy soni 70,2 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari). Koreys tilida so’zlashadi. Mongoloid irqiga mansub. Dindorlari budda, konfutsiylik va xristian (presviterianlar) diniga e’tiqod qiladi. K.ning ajdodlari kadim zamonlardan beri Koreya ya.o. hududida yashab kelmokda. K.ning shakllanishida 3 ta qabila guruhi (paleeosiyo, Oltoy, AV- stronez) qatnashgan. Bunda etakchi rolni protooltoy qabilalari o’ynagan. Koreys qabilalarining l-Ittifoqi — Choson 1-a. da vujudga kelgan. Bu aholining etnik tarkibiga katta ta’sir ko’rsatdi. Mil. AV. 1-ming yillikning o’rtalarida man- juriyaning Jan.da va Koreyaning shim. da Choson davlati (o’zlarini Choson deb atashlari shundan) tashqil topdi. 10-a. boshlarida K. yagona xalq sifatida shak- llangan. 2-jahon urushidan keyin koreys xalqi 2 qismga bo’linib ketdi. Jan.dagi K. va shim.dagi K. boshqa-boshqa tuzum yo’lidan ketishdi. 1937— 38 y.larda sobiq sho’rolar tuzumi zo’ravonlik b-n Rossiyaning uzoq Sharq o’lkasidan 74500 K.ni O’zbekiston hududiga ko’chirdi. Bun- ga asosiy sabab sobiq sho’rolar Ittifoqi b-n Yaponiya o’rtasidagi munosabatlar- ning keskinlashuvi edi. O’sha davrda ko- Reya ya. o. Yaponiya tomonidan bosib olin- gan bo’lib, tub koreys aholisi b-n uzoq, Sharq hududidagi K. ning etnik kelib chiqishi bir edi. O’zbek xalqi K.ga nis- batan o’zining yana mehmondo’stligi va bag’ri kengligini ko’rsatdi. Ularni uy- joy, ish b-n ta’minladi, ularga maishiy xizmat, madaniy o’choqlar yaratdi, bola- larining o’qishi, ta’lim olishi uchun maktablar ochdi. Asosiy mashg’ulotlari sholikorlik. Chorvachilik, baliqchilik, ipakchilik, hunarmandchilik b-n ham shug’ullanishadi. Ad.: Kim P., Koreytsi Respubliki O’zbekistona, T., 1993.


