ZARDOB
ZARDOB, zardoblar — yuqumli kasalliklarning yoki mikroblar va hayvonlar zaharidan zaharlanishning oldini olish va davolash maqsadida organizmga yuboriladigan modda. Zardobni ilon, qoraqurt, chayon, shuningdek, boshqa zaharli hayvonlar zahariga qarshi qo’llash muhim ahamiyatga ega. Bunday hollarda Zardob birdan-bir shifobaxsh vosita hisoblanadi. Viruslar va bakteriyalar keltirib chiqaradigan infektsion kasalliklar diagnostikasida Zardob keng qo’llaniladi.