Sabuktegin

Sabuktegin, Sabuqtakin, Abu Mansur Nosiruddin vaddavla Sabukta- kin (940, Issiqko’l atrofidagi Bars- xon sh. — 997, Balx) — davlat arbobi va sarkarda, g’aznaeiylar sulolasi va G’aznaviylar davlati asoschisi. S. asli qarluq turklaridan bo’lib, uning otasi- ni qora Bajkam (turkcha qora ho’kiz; asl ismi Juk) deyishgan. O’zaro urushlarning birida o’smir S. asir tushgan. Tarixchi Bayhaqiynknt yozishicha, Nasr hoji nom- li quljallob tomonidan u Buxoro bozo- ridan sotib olinib, Juzjon (G’uzg’onon) ga olib kelingan hamda Nishopurda so- moniylarnknt G’aznadagi noibi Alpte- Ginta sotib yuborilgan. S. dovyurakligi va jasurligi bois Alptegin huzurida mavqei tez oshib, uning qiziga uylangan (bu nikoxdan uning valiahdi Ismoil tug’ilgan. Zobuliston hokimining qizi bo’lgan xotinidan esa Mahmud dunyo- ga kelgan). Hindistonga qilingan bir qancha yurishlarda faol qatnashgan. Od- diy g’ulomlikdan sipohsolor darajasiga ko’tarilgan. Alptegin vafot etgach (963), Somoniylarning G’aznadagi noiblari huzurida xizmat qilgan. Qo’shinning ta- labiga ko’ra, G’azna viloyati amiri bo’lgan (977 y. 1 mart). Bu davrda G’azna viloya- tiga Bust, Gardiz, Parvon, Kobul, za- mindovar, Kusdar, Bomiyon, Toxariston, Hirot va G’ur viloyatlari qo’shib olingan. Shim. Hindistonga g’aznaviylarning ilk yurishlarini boshlab, hind rojasi Jay- lalni mag’lubiyatga uchratgan. Peshovar va Lamg’on o’rtasidagi xudud fath etilgan. Oradan ko’p o’tmay G’azna viloyati somo- niylardan ajralib chiqib, mustaqil dav- lat (poytaxti — G’azna sh.)ga aylangan. S. b-n Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur o’rtasida Kesh va Naxshabda o’zaro uchrashuv bo’lib, unda S. Somoniy- larni qo’llab-quvvatlashga va’da bergan. Gardiziynchnt yozishicha, S.ning 20 ming kishilik qo’shini somoniylarning Xu- rosondagi noibi isyonkor Abu Ali sim- juriy (Abulhasan Simjuriyning o’g’li) va Foyiq askarlariga Hirot atrofida kuchli zarba bergan (994). 994 y. S. qo’shini Hindistonda ham g’alabalarga erishgan va mahalliy aholining bir qismi Islom dinini qabul qilgan. O’sha yili Abivardda Xorazmshoh Abu Ali Ma’mun I (992-997) qo’shini ustidan ham zafarga erishgan. Bu g’alabalar uchun abbosiylar xalifa- si Alqodir S.ga «Nosiruddin vaddavla» («Din va davlat himoyachisi»), uning o’g’li Mahmud G’aznaviyta «Sayf uddavla» («Davlat qilichi») faxriy unvonlarini bergan (994 y. noyab.). Hirot yaqinida Abu Ali Simjuriy va Foyiqqa S. o’g’li Mahmud b-n birgalikda so’nggi zarbani bergan (995 y. 21 iyul). Bu jangda dushmanning xazinasi va fil- lar o’lja olingan, nomdor lashkarbo- shilar asir tushishgan. Xorazmga qochib ketgan Abu Ali Simjuriy o’zining 3 safdoshi b-n keyinchalik S. tomonidan o’ldirilgan. Movarounnahrga Qoraxoniylar hujumi boshlangach (996), S. o’g’li Mahmud va birodari Bo’g’rochiq boshchiligida Buxo- roga 20 ming kishilik qo’shin jo’natgan. Ular b-n qoraxoniy Bug’roxonning vo- risi Nasr Iloqxon o’rtasida Somoniy- lar amirining ishtirokisiz shartnoma tuzilib, somoniylarga Movarounnaxr markazi qoldirilgan va Amudaryoning Jan. qismi — butun Xuroson hududida g’aznaviylarning hukmronligi tan olin- gan. S. hukmronlik davrida poytaxt G’azna sh. yirik siyosiy va madaniy markaz- ga aylangan. G’aznaga borayotganda (Balx yaqinida) vafot etgan va G’azna atro- fidagi Afg’onsholida dafn etilgan. Qabri ustiga maqbara qurilgan (11-a.). Bayhaqiy o’zining «tarixi Mas’udiy» nomli asarida S.ni aklli va adolatli, andishali hukmdor sifatida ko’rsatib, unga yuqori baho bergan. Manba: Abulfazl Beyxaki, Istoriya Mas’uda (10301041), T., 1962, M., 1969; Abu sa’ID Gardizi , Zayn alaxbor, T., 1991. Ad.: Hamidjon Homidiy, Ko’hna Sharq darg’alari, T., 1999; O’zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001. Qahramon Rajabov.