«Sab’ai sayyor»

«Sab’ai sayyor» («etti say- yora») — «Xamsa» (Alisher Navo- iy)ning to’rtinchi dostoni (1484), ishqiysarguzasht xarakterda. 37 bob (5000 baytdan oshiq). Sharkda keng tarqalgan «Bahrom go’r» afsonasi asosi- da. Afsona Eronning sosoniy hukmdori Chyaraxran V (420— 438 hukmronligi) nomi b-n bog’liq (Varaxran — dariycha Bahrom). U go’r— qulon oviga o’chligi uchun Bahrom go’r nomi b-n mashhur. Af- sonani yozma adabiyotga, dastlab Firdav- siy olib kirgan. So’ng Nizomiy, Xisrav Dexlaviy va b. shu mavzuda asarlar yoz- ganlar. Navoiy bu tajribalarni umum- lashtirib, mukammal original Doston yaratgan. Doston Sharqsa «Bahrom va Gu- landom», «Bahromnoma», «Haft manzari Bahrom» nomlari b-n Shuhrat qozongan. «S.s.»an’anaga ko’ra, hamd, Munojot va na’t b-n boshlangan, so’ng voqealar bayon etilgan. Mundarijasi «Xamsa»dagi boshqa dostonlardan farq qiladi; hikoya ichida hikoya usulida yozilgan. Bahrom va Dilorom voqeasi asarda qoliplovchi hikoya bo’lib, uning ichida yana 7 hikoya keltirilgan. Ular asarning umumiy yo’nalishi b-n chambarchas bog’lanib, yaxlit bir badiiy asarning uzviy qismlarini tashkil etadi. Ayni vaqtda hikoyaning har biri mustaqil hisoblanadi va mavzu- lar davrning, xalq turmushining muhim tomonlarini qamrab oladi; xalq hayoti, tinchlik va osoyishtalik, adolat va va- tanparvarlik, sevgi va ma’rifat g’oyalari ilgari suriladi, munofiklik va zolim- lik qoralanadi. Bahrom — 7 iqlim shohi. Ovda uni izlab kelayotgan Moniyni uchratadi. Mo- niy xitoylik go’zal Dilorom haqida xa- bar beradi, o’zi chizgan qizning suratini ko’rsatadi. Shoh suratni ko’rib telbalar- cha oshiq bo’ladi. Xitoyning 1 yillik XI — rojini to’lab, qizni saroyga keltiradi. Shoh qizga butunlay Mahliyo bo’lib, mam- lakat ishlarini unutadi. Mastlik b-n sevgilisidan ham ajraladi, so’ng uzlat- ga beriladi. Undagi savdoyilikni daf etmoq uchun 7 iqlim shohi 7 rangdagi 7 qasr qurdiradi. Baxrom ularning har bi- rida har kuni 1 musofirdan hikoya tin- glaydi, tuzala boshlaydi. Nihoyat 7-kun oq qasrda Diloromning daragini eshita- Di va uni topadi. Yana ovga, ayshishratga beriladi va navbatdagi ov paytida butun arkoni davlati b-n er yutadi. Navoiy Bahrom obraziga juda katta ma’no-mazmun yuklagan. Uning timso- lida oshiqlik va shohlikning bir tanga sig’masligini ko’rsatgan. Navoiy asar voqealarini Xurosonu Movarounnaxr hayoti b-n bog’lashga harakat qilib, qissaga turkona ruh bergan. «S.s.»voqealari, qahramonlarining xatti-harakatlari yuksak badiiy mahorat b-n tasvirlangan. Navoiydan so’ng og’zaki va yozma adabiyotda «S.s.»ning bir necha variantlari yaratil- Di [ Sayqaliy «Bahrom va Gulandom», N. Tsisishvili «Bahromguriani» dostonla- ri; K.Yashin «mehr va Suhayl» musiqali dramasi, K. Yashin, M.Muhamedov «Di- lorom» operasi librettosi, G’aribiy (19-a.) «Shoh Bahrom va Dilorom», Umar Boqiy «Qissai Haft manzari Bahrom», Fozil Yo’ldosh o’g’li «Bahrom va Gulan- dom» va b.]. Nashri: Sab’ai sayyor, T., 1956, 1977. Begali Qosimov.