SILUR DAVRI (SISTEMASI)

SILUR DAVRI (SISTEMASI), silur (Buyuk Britaniyaning Uels VI- loyatida yashagan qad. kelt qabilasi — sshturlar nomidan) — er geologik ta- rixi paleozoy erasining uchinchi davri. Ordovik davridan keyin, devon davri- dan oldin o’tgan. Radiologik usullar b-n aniqlanishicha, S.D. bundan 435+5 mln. yil avval boshlanib, taxm. 25±8,5 mln. yil davom etgan. S.D. yotqiziklari Antar- ktidadan tashqari barcha materiklarda ma’lum. Klassik kesmalari Buyuk bri- Taniya, Chexiya, Shvesiya, Marokash, shim. Amerika, Ural, Sibir, O’rta Osiyo, Oltoy va Tuvada o’rganilgan. S.D.da er pusti tuzilishida kembriy va ordovik davrlaridagidek bu davrda xam nisbatan barqaror yirik platformalar (Sharqiy Evropa, Afrika, Xitoy, Sibir va shim. Amerika platformalari) bo’lgan. Kon- tinentlar b-n dengizlarning o’zaro joy- lashuvi deyarli ordovik davridagidek bo’lgan. Eng yirik quruklik — gond- vana materigi xoz. Afrika hududining katta qismi, Arabiston ya.o., llandove- ri va venlok yaruslarini o’z ichiga olgan Hindiston, Antarktida va Braziliyani egallagan. Shim. Amerika va Evrosiyoda quruklikning kichik massivlari — Gren- landiya, Boltiqbo’yi hududlari va Angara (Rossiyaning Osiyo qismida) joylashgan bo’lib, regressiya va transgressiyalar na- tijasida S.D.da ularning shakli o’zgarib turgan. Materiklar relefi tekis bo’lgan. S.D. boshlarida geokratik rejim so’ngan, er yuzasi cho’kib, global dengiz transgressiyalari ro’y bergan. Platfor- ma plitalari notekis cho’kkan. Geosin- klinal zonalarda tektonik harakatlar bo’lib turgan. Quruklikning yuvilishi natijasida terrigen yotqiziklar to’plana borgan. S.D.da geosinklinal taraqqiyot orogen harakatlar b-n almashgan joy- larda molass yotqiziklari ko’p bo’lgan. Suv ostidagi vulkanlar otilishi nati- jasida geosinklinal dengizlar tubi lavalar, vulkan brekchiyalari va tuflar b-n qoplangan. Suv ostidagi vulkan ot- ilishlarida kremniygilli loy (balchiq) lar to’planib, effuziv jinslar b-n bir- galikda cho’kindivulkanogen formasiya- larni hosil qilgan. S.D. iqlimi. S.D. boshlarida erda kechki ordovik muzlanish davrining ta’- siri bilinib, bir muncha salqin iqlim bo’lgan. Keyinchalik muzliklarning eri- shi va spreding jarayonlarini boshlani- shi, global transgressiyaning rivojlani- shi hamda iqlimni ilishiga olib kelgan. S.D. yotqizikdarida xilmaxil chig’anokdi faunaning ko’p tarqalganligi va dengiz- larda riflarning ko’pligi llandoveri oxiri — venlokning boshidan shunday iliq iqlimning dalilidir. Organik dunyosi. S.D. boshlari- da umurtqasiz organizmlarning barcha asosiy sinflari shakllangan va soda umurtqalilar paydo bo’lgan. Transgres- siyalar natijasida xilma xil fauna- larning ko’payishi va keng tarqalishiga qulay sharoit bo’lgan. Epikontinen- tal sayoz dengizlar va geosinklinal suv havzalarining shelf qismlari chig’anoqli va marjonpolipli faunaga boy bo’lgan. Shelf biosenozlari tar- kibida qorinoyokli va ikki tavaqali mollyuskalar bo’lgan, tentakulitlar, bo’g’imoyoklilar ham yashagan. Shelfning sayoz zonalarida turlituman marjonpo- liplar, gidroidpoliplar, dengiz Nilu- farlari, suvo’tlar joylashgan. Tabulyat- lar, geliolitoideyalar va rugozalar juda taraqqiy etgan. Ignatanlilardan dengiz nilufarlari b-n dengiz pufakchalari keng tarqalgan. Silur havzalarining pelagial zonlarida faptolitlar yasha- gan. Ularning juda ko’p qoldiqlari, aso- san, yupqa balchiqlarda saqlanib krlgan bo’lib, qora, kremniygilli slaneslardan iborat S. formasiyasini hosil qiladi; bu formasiya butun dunyo burmali ob- lastlari uchun xos bo’lgan yotqiziqlar hisoblanadi. S.D.da umurtqali hayvonlarning ikki guruhi — jagsizlar va baliklar vujudga kelgan. S.D. oxirla- rida quruklik sohillarida o’sgan dast- labki flora psilofitlar — o’tsimon o’simliklar taraqqiy etgan. Ularning izlari Buyuk Britaniya, Chexiya, Ukraina (Podoliya) va Qozog’istonda yuqori silur yotqiziklarida topilgan. O’rta Osiyoda S.D. yotqiziqlari keng tarqalgan. O’rta Tyanshan, Bo’kantog’, Chatqol, Qurama tog’larida bu davrga mansub yotqiziqlar bor. Ular, asosan, kulrangko’kimtir alevrolit, argellit va slanes jinslaridan tuzilgan bo’lib, qalinligi 600-800 m. Jan. Tyanshan, Hisor, Olay, Turkiston, Zarafshon, Tomdi, Sulton Uvays tog’laridagi S.D. yotqiziklari quyi (llandoveri va Ven- lok yaruslari) va yuqori bo’limlarga bo’linadi. Llandoveri yarusiga oid jin- slar olay, Turkiston tog’larida turli polimikt qumtosh, alevrolit, qora ugle- rodli gil, argillit, serisitgilli, se- risitkremniyli slaneslardan tarkib topgan. Nurota tog’laridagi llandoveri yarusi jinslari qalinligi 700-800 m. Zarafshon, Zirabuloq—Ziyovuddin tog’larida bu yarus yotqiziqlari slanes va mergel, dolomit, ohaktoshlardan tu- zilgan, qalinligi 300-900 m. Venlok yarusining yuqori qismi qumtosh, Alev- rolit jinslaridan iborat, qalinligi 180-220 m. Foydali qazilmalari. S.D. yotqiziqlarida turli muhim foydali kazilmalar uchraydi. Ural va Norvegiya- dagi chukishshvulkanogen jinslarda mis kolchedan rudalari bor. Jan. Ural va Osiyodagi kremniili katlamlarda Mar- ganes va fosforit konlari uchraydi. AQShda (NyuYork va Alabama Shtatla- rida) temir rudalari, gips va tuzlar qazib olinmoqda. O’zbekiston hududida regional metamorfizmdan o’zgargan. S.D. yotqiziqlari bag’rida ko’plab ol- tinkumush (Nurota, Tomdi, Ovminzatog’, Bo’kantog’va b. tog’lar) konlari; ushbu yotkizyqlar granitoid intruziyalari b-n yorib chiqilgan chegaradosh (kontakt) meta- somatiklarida esa volfram (ingichka, Langar, Quytosh va h.k.) konlari; Hisor, ZirabuloqZiyovuddin tog’larida noyob va Nodir metallar namoyonlari ma’lum.