Sil, tuberkulyoz

Sil, tuberkulyoz — turli a’zo- lar, asosan, o’pkada o’ziga xos yallig’li o’zgarishlar ro’y berishi b-n tavsifla- nadigan yuqumli surunkali kasallik. Odamlarda uchraydigan S.ni ftiziatriya o’rganadi. Nemis mikrobiologi ro- Bert Kox (1882 y.) sil qo’zg’atuvchisini aniqladi (bu qo’zg’atuvchi uning sharafiga Kox tayoqchasi deb nomlandi). S. kasalli- gi qadimdan ma’lum. Kasallik belgila  ri Gippokrat, Ibn Sino asarlarida xam ta’riflangan. S. b-n odamlardan tashqari, uy hayvonlari (asosan, qoramol), uy par- randalari (tovuq, kurka) kasallanadi. Odamlarda kasallikning asosiy man- Bai o’pka sili b-n og’rib, Mikobakteriya- lar aralash balg’am tashlab yuradigan be- morlardir. S. hammadan ko’p havotomchi yo’li b-n tarqaladi: yo’talganda, aksir- ganda mikobakteriyali balg’am va shilliq zarralari havoga tarqalib atrofidagi buyumlargatushadi. S. mikobakteriyasi, asosan, nafas yo’llari orqali kiradi. U boshqa mikroblarga nisbatan tashqi muhitning turli ta’sirlariga juda chi- damli bo’lib, o’zining yashash va ko’payish xususiyatlarini uzoq muddat davomida saklab qoladi. Quruq hoddagi S. Miko- bakteriyasiga 36° haroratda ta’sir etil- sa, u 180 kungacha, +70° qizdirilsa 7 soat davomida, oqar suvlarda 150 kun, ko’cha changida 10 kun ichida hayot kechirish va ko’payish xususiyatlarini yo’qotmaydi. Ayniqsa, quyosh nuri tushmaydigan zax erlarda uzoq muddat saqlanib qoladi. S. mikobakteriyalarining atrofmuhitda uzoq vaqt saqlanishi S. kasalligining idishtovoq, kiyimkechak, o’rinko’rpa va b. orqali yuqish ehtimolini tug’diradi. S.ning ochiq va yashirin shakli farq qilinadi. S.ning ochiq shaklida bemor balg’amida S. mikobakteriyalari topi- ladi; bemor gigiena qoidalariga rioya qilmasa, boshqalarga kasal yuqtiruvchi bo’lib qolishi mumkin. S.ningyashirin shaklidamikobakteriyalar balg’amda to- pilmaydi, bunday bemorlar atrofida- gilar uchun yuqumli bo’lmaydi. S. b-n og’rigan bemor barcha gigiena qoidalariga rioya qilsa, amalda atrofdagilar uchun xavfli bo’lmaydi. S. mikobakteriyalari faqat o’pkani emas, balki organizmda soch va tirnoqdan boshqa bo’g’imlar, suyaklar, miya pardalari, buyraklar va b. a’zolar- ni zararlaydi. S. kasalligiga aksari yosh bolalar (chunki ularda hali immunitet sust rivojlangan bo’ladi), balog’atga etish davridagi o’smirlar (nervendokrin boshqaruvining beqarorligi tufayli), shuningdek, organizmning infektsiyaga chidami susaygan yoshi katta odamlar cha- linadi. O’pka siliga xos belgilar kasal- lik shakliga, yoshga va b.ga bog’liq. Birlamchi S.da kasallik alomat- lari yaqqol namoyon bo’lmaydi. Biroq teri ostiga tuberkulin yuborib o’tkaziladigan Mantu sinamasi musbat chiqsa va bemorda kasallikning umumiy belgilari (rang ketishi, quvvatsizlik, uyqu va ishtaha buzilishi, tez toliqish, gavda haroratining ko’tarilishi, tunda terlash) paydo bo’lsa, busilin toksika- tsiyasidan darak beradi. Yosh bolalarda kasallik maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga qaraganda og’irroq o’tadi, AK- sari asoratlar kuzatiladi. S. intoksika- tsiyasi bolalarda ro’yrost namoyon bo’ladi; bolaning rangi siniqadi, injiq bo’lib qoladi, ishtahasi yo’qolib, teztez sha- mollab turadi. Vrachga o’z vaqtida borib, bolani to’g’ri parvarish qilinsa, odatda, butunlay sog’ayib ketadi. Ikkilamchi S. — o’pka silining hammadan ko’p uchraydigan shakli. U o’pkada va limfa tugunlarida sakda- nib qolgan infektsiya «qo’ri»dan ke- lib chiqadi; noxush sharoitlarda S. qo’zg’atuvchisi faollashib, jarayonni zo’raytiradi (faol shakli). S mikobakte- riyasi bor bemor b-n uzoq vaqt muloqotda bo’lganda S. qaytalanishi ham mumkin. Bunga organizmning zaiflanishi, si- fatsiz ovqatlanish, stresslar, zarar- li odatlar (chekish, ichkilikbozlik, giyohvandlik), surunkali kasalliklar, o’pkaning nospesifik kasalliklari, qandli diabet, gastrit, me’daichak yara- lari, SPID, shuningdek, homiladorlik va gug’ruqdan keyin organizm himoya qobiliyatining kamayishi va b. sabab bo’ladi. Odatda, ikkilamchi S. yoshlikda va o’rta yoshda paydo bo’ladi, o’z vaqtida davo qilinmasa, kasallik astasekin, lekin to’xtamay rivojlanadi. Aksa- ri o’pkaning yuqori bo’laklarida mayda o’choqlar paydo bo’ladi (S. ning o’choqli shakli), ba’zan yiringli infiltratlar (S.ning yallig’langan shakli) kuzatiladi. Kasallik ba’zan uzoq vaqtgacha hech qanday alomatlarsiz kechadi, biroq, o’pka sili rivojlanganda, ya’ni S. mikobak- teriyalari ko’payishi boshlanganda or- ganizmda zaharlanish alomatlari paydo bo’ladi: holsizlik, tez charchash, tunda terlash, ozib kegish va b., borabora be- morda yo’tal zo’rayadi, hansiraydi, nim- jon bo’lib qoladi. Zo’r berib davolanish kasallik rivojlanishining oldini ola- Di. O’pkadan tashqaridagi S. (hiqildoq, ichak, buyrak, teri, suyak, bo’g’im va b.) o’pka siliga karaganda ancha kam uchraydi. S.ni barvaqt aniklash kasallikni to’lato’kis davolash imkonini beradi. Davosi. Davolash, asosan, kasalxona sharoitida, vrach nazorati ostida olib boriladi. S.ga qarshi ishlatiladigan zamonaviy doridarmonlardan kasallik- ning turi va og’irengilligiga qarab tay- inlanadi. Odatda, bu dorilar uzoq vaqt davomida (bir necha oylab) qo’llanadi. S.ni davolashda foydalaniladigan ki- myoterapevtik dorilar ma’lum bir gu- ruxlarga bo’linadi: izoniazid va uning analoglari, rifampisin; etambutol, protionamid (etionamid, tizamid (pi- razinamid), streptomisin, kanamisin, florimisin va b. Oldini olish ijtimoiy, sanitariya, kimyoviy va maxsus tadbirlarni o’z ichiga oladi. Aholi yashaydigan joylarni obo- donlashtirish moddiy hayot sharoitini yaxshilash, aholining umumiy madani- yatini oshirish va sanitariya bilimla- rini targ’ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Vrach buyurgan kun tarti- biga amal qilish, to’lato’kis ovqatlanish, iloji boricha ochiq havoda bo’lish, xona- ni botbot shamollatib turish lozim. S. b-n og’rigan bemorlarni kasallikning ilk bosqichlarida aniqlash maqsadida aholini ommaviy tekshirish, ya’ni flyu- orografiya tekshiruvidan (kamida 2 yilda 1 marta) o’tkazish ijobiy natija beradi. S. ni bolalarda barvaqt ani- klash uchun bolalar poliklinikalarida, bog’chalarida, maktablarda tuberculin sinamasi o’tkaziladi. O’zbekistonda bar- cha yangi tug’ilgan chaqaloqlar vrachning moneligi bo’lmasa, S.ga qarshi vaktsina- tsiya qilinadi; vaqtvaqti b-n (7,12 yoshda) revaktsinasiya o’tkaziladi. /lA.Tursunov F. I., Ibrohimov M. A., Sodiqov A. S, Sil, T., 1999. Abdulla Ubaydullaev.