Sibir

Sibir — RF Osiyo hududining katta qismidagi tabiiy o’lka. G’arbda Ural tog’lari, sharqsa tinch ocean suvayirg’ichi tog’tizmalarigacha va shim. da shim. Muz okeani qirg’oqlaridan, Jan. da Qozog’istonning sertepa dashtla- ri hamda Mongoliya va Xitoy chegarasiga- cha davom etadi. Shim.dan janubga 3500 km, g’arbdan sharqqa 7000 km dan ko’proq masofaga cho’zilgan. Mayd. 10 mln. km2. S. hududida Saxa (Yakutiya), Tuva, bu- ryatiya Respublikalari, Oltoy va Kras- noyarsk o’lkalari, Tyumen, kurgan, Omsk, Novosibirsk, Tomsk, Kemerovo, Irkutsk va Chita viloyatlari joylashgan. Tabiati. S.ning asosiy tabiiy ob- lastlari: G’arbiy Sibir tekisligi, O’rta Sibir yassitog’ligi, Jan. Sibir va shim.Sharqiy Sibir tog’lari. Jan. Sibir toglari tarkibiga Oltoy, G’arbiy Sayan, Sharqiy Sayan, Tuva Respublika- si tog’lari, Baykalbo’yi va Baykalorti (Zabaykale) kiradi. Shim.Sharqiy S. tog’larini yuqori yana tizmasi va koli- ma tog’lari o’rab turadi. S.ning iqlimi keskin Kontinen- tal. Eng sovuq oy (yanv.) va eng issik, oy (iyul)ning o’rtacha t-rasi orasida- gi farq 35° dan 68° gacha. Deyarli hamma erda o’rtacha yillik tra 0° dan past, shim. sharkda -15°, -18° gacha. Qishi davomli va sovuq. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -16°, -20°dan (G’arbiy Sibir tekisligi- ning Jan.da) -40°, -48° gacha (Saxa- ning sharqida). Verxoyansk va Oymyakonda ayrim kunlari -70° gacha sovuq bo’ladi. S.ning yozi birmuncha iliq, Jan.da esa hatto issiq. Iyulning o’rtacha t-rasi 2°~5° dan (S.ning shim. sohilida) 22°— 23° gacha (G’arbiy Sibir dashtlarida). Yillik yogin 150— 250 mm dan 1000— 2000 mm gacha. Kor krplami 170 kundan 300 kungacha saqlanib turadi. S.da to’ngib yotgan tog’jinslari va tuproqlar keng tarqalgan. Asosiy Daryo- lari: ob (Irtish b-n birga), Enisey va Lena. Muhim ko’lpari: Baykal, Taymir, Teles, Chani. Tuproqo’simlik qoplami, asosan, shim.dan janubga o’zgarib borib, Arkti- ka muz sahrosi, tundra, o’rmonli tundra, o’rmon (tayga), G’arbiy Sibirning Jan. da esa, o’rmonli dasht va dasht zonala- rini hosil qiladi. Shim.da tundra va o’rmonli zonalarida har xil botqoq gleyli va gleylipodzol tuproqlarda yo’sin va lishayniklar, buta va ko’p yil- lik o’tlar o’sadi. Shim.da o’rmon (tayga) zonasi o’simliklari eng ko’p tarqalgan. Tayga zonasining eni ayrim joylar- da 200 km ga etadi. O’rmonlarda igna bargli daraxt ko’proq, Sibir tilog’ochi (g’arbida) va Dauriya tilog’ochi (sharqida), oqqarag’ay, Sibir kedri, qarag’ay, qoraqarag’ay; keng barglilardan qayin, tog’terak, qandag’och; shim.sharqidagi Daryo vodiylarida terak, tol o’sadi. O’rmon zonasidan Jan.da G’arbiy S. atrofida o’rmonli dasht va dasht zonalari joylash- gan bo’lib, sur tusli podzollashgan, qora tulroqlio’tloq, yuvilgan va tipik qora tuproklar tarqalgan. Dasht va urmonli dashtlarning o’simlik qoplami aholi tomonidan o’zgartirib yuborilgan. Dasht- lar haydalgan, botqoklashgan o’tloqlar pichanzorlarga aylantirilgan. Jan. S tog’larining etaklari dasht o’simliklar b-n qoplangan. Undan yuqorida tog’tayga- si boshlanadi. S.ning tundra zonasida har xil ke- miruvchilar (asosan, lemming), sut Emi- zuvchilardan shim. bug’usi va qutb tulki- si yashaydi. Yoz boshlanishi b-n suzuvchi parrandalar (g’oz, o’rdak, loyxo’rak, Gaga) uchib keladi. Tayga zonasi faunasi ancha boy (tiyin, sobol, kolonok, bo’ri, tul- ki, ayiq, Los, va b.). Tayga zonasida qushlarning 200 ga yaqin turi, acocaFi, karqur, chil, qizilishton yashaydi. Ur- monli dasht va dashtlarda dala sichqoni, olaxurjun, qo’shoyoq, yumronqoziq, bo’rsiq, bo’ri, tulki, qarsoq tulki uch- raydi. Suv havzalarida ondatra, nor- ka iqlimlashtirilgan. Daryolarida qimmatbaho baliq ko’p. S. RFning ov- chilik xujaligi rivojlangan va mo’yna tayyorlanadigan muhim r-ni. Foydali qazilmalari: toshko’mir, neft, tabiiy gaz, temir rudasi, olmos, oltin, fafit, polimetall va b. Asosiy shaharlari: Novosi- Birsk, Omsk, Krasnoyarsk, Novokuz- nesk, Irkutsk, Barnaul. Aholisining ko’lchiligini ko’chib borgan ruslar tash- kil qiladi. Tub aholi: xantilar, Mansi- lar, evenklar, buryatlar, saxalar, xakas- lar va b. Tarixi. Odam faoliyatining izlari Jan. S.da — tog’li Oltoydan Amur Daryo- si havzasigacha bo’lgan hududda topilgan. S. xalqining madaniyati va ijtimoiy si- stemasining o’zgarishida eneolit davri- da rudadan metall eritib olishning ri- vojlanishi katta ahamiya gga ega bo’lgan. Mil. AV. 1ming yillikning oxirida Jan.S.da hunn kabila uyushmalariyasha- gan. Mil. AV. 1ming yillikning 1 yarmida ularning turkiy xalqlar, 7— 8-a.larda mo’g’ullar (mongollar) ajralib chiqqan. Turkxoqonligi, Boxay va b. davlatlar mavjud bo’lgan. 13-a. boshida Jan. S. Mo’g’ullar dav- lati tarkibida. Uning g’arbiy qismida 15-a. boshida Oltin O’rda parchalangach, Sibir xonligi tuzilgan. 15-a.dan mo- skva davlatida S.ga yurish boshlagan. 17- a. boshlarida G’arbiy S, asr o’rtalarida G’arbiy Buryatiya, so’ngra Baykal ko’lidak sharklagi erlar va Amur darvsi bo’ylarini Rossiya egallab olgan. 18-a. ning 20y.lari oxiri — 30y.lari boshida Oltoy tog’yon bag’rida manufaktura tipidagi dastlabki metallurgiya korxo- nalari qurildi. Dehqonchilik rivojlan- Di. Ekinlar maydoni kengaydi. 19-a.ning 1-yarmida S.da sanoatning yangi sohasi — oltin qazib chiqarish paydo bo’ldi. !9-a.ning 50y.larida Rossiya tarkibiga Quyi Amur bo’ylari, Ussuriy o’lkasi, Saxalin oroli kirdi. 19-a.ning 2-yarmi- da S.ning shim.Sharqiy r-nlarida oltin sanoati kengaydi. S. Rossiya imperiya- sining kishilarni surgun va qatorgaga jo’natadigan asosiy joyi bo’lib qoldi. 1900 y.da faqat surgun qilinganlarning soni 287,2 mingni tashkil qiladi. S.ning iqtisodiy taraqqiyotida 1891 — 1905 y.larda qurilgan t.y. — Ulkan Sibir magistrali katta axamiyatga ega bo’ddi. 1923 y. BuryatMongol Mux- tor Respublikasi (1958 y.dan Buryatiya Muxtor Respublikasi), 1922 y. Yakutiya Muxtor Respublikasi va Oyrot Muxtor viloyati, shuningdek, milliy okrug va tumanlar tuzildi. S. tarixida sibirlik o’zbeklarning o’rni alohida ahamiyatga egadir. Ularning asosiy qismi O’rta Osiyo o’zbeklari vakillari. Sibirlik o’zbeklarning ajdodlari S.ga 16-17-a. larda (asosag’), savdosotiq va b. yo’llar b-n) borib krlganlar. 16-a. o’rtalarida Rus davlati Astraxon, Qozon, so’ngra Sibir xonligini bosib olgandan keyin ham bu erlarning O’rta Osiyo b-n qadimgi aloqalari davom etaverdi. Chunki, Rus davlati yangi bosib olgan joylarni za- rur mollar, xususan, gazlama va kiyim- bosh b-n ta’minlashga ega bo’lmagan. Shu bois Rossiya hukumati o’zbek xonliklari b-n aloqa o’rnatish va savdoni rivojlan- tirishga harakat qildi. Tez orada elchi- lik alokdlari o’rnatilib, savdo rivoj- lana bordi. Bu borada Rossiya davlati faol harakat qilib o’zbek savdogarlariga bir kancha imtiyozlar berib, ularni S.ga jalb qilish choralarini ko’rdi. O’z na- vbatida o’zbek xonliklari S.ga ip va ipak gazlamalar, kiyimbosh va mollar kelti- rish maqsadida barcha imkoniyatlarni ishga soldilar. Shu tariqa O’rta Osiyo va S. o’rtasida savdo aloqalari yaxshi yo’lga qo’yilib, 17-a.dan boshlab S.da hoz. O’zbekistondan savdogarlar, dehqonlar, hunarmandlar va din peshvolari borib joylashdilar. Ular, asosan, Tyumen, Tobolsk, Tara va S.ning boshka joylariga o’rnashdilar. Bu ishni birinchi navbatda savdogarlar, shu- ningdek, Semipalatinsk, Petropavlovsk va b. erlarga ko’chib borganlar boshlab berdilar. S.dagi ichki va tashki savdo ko’proq o’zbeklarning qo’lida to’planib, ular O’rta Osiyo, Xitoy, Eron singa- ri mamlakatlarning mollari b-n savdo qildilar, S.da birinchi bo’lib ko’nchilik va gilam to’qish hamda bug’doy ekish- ni joriy etdilar. Sibirlik o’zbeklar mahalliy tatarlar orasida Islom dini- II tarqatish va rivojlantirishda kat- nashdilar, masjidlar qurib, maktab va kutubxonalar ochdilar. Ular asrlar davo- mida o’zlarining tili, kiyimi, milliy ovqati va urfodatlarini sak,ladilar. Umuman, o’zbeklar S. hayotida muhim o’rin egallab uning rivojiga munosib hissa qo’shdilar. Rossiya hukumati ularning xizmatini e’tiborga olib imtiyozlar be- rish b-n bir katorda Tobolsk, Tyumen, va tarada mahalliy boshqaruv idorasi — Buxoro volost (bo’lis)larini tu- zishga ijozat berdi. 1917 y.dan keyin bu bo’lislar Buxoro ijroiya qo’mitalariga aylantirildi. Vaqtlar o’tishi na- tijasida o’zbeklar iqlimlashib va mahalliylashib, avvalgi vatanlari b-n alokdlari uzildi. S.ga ayollarga nisbatan erlar ko’proq borganliklari uchun ular tatar qizlariga uylanganlar. Garchand bundam oilalarda tug’ilganlar o’zlarini o’zbek deb yurgan bulsalarda, lekin, 20-a. ning boshlariga kelib ularning tatar- larga aralashish jarayoni kuchaydi. Shun- ga qaramay 1926 y.dagiumumxalq ro’yxati bo’yicha o’zbeklarning soni 15.000 kishi hisoblanib ular o’zlarining milliy nomini saqlaganlar. Keyingi yillarda o’zbeklarning tatarlarga aralashish ja- rayoni nihoyasiga etib ular nomi b-n yuri- tiladigan bo’ldi. Iqtisodiyoti. Urushdan keyingi yil- larda S.da Angara va Eniseyning gi- droenergiya resurslari o’zlashtirila boshladi. Irkutsk, Bratsk va Krasnoyarsk GESlar qurildi. Abakan — Tayshet va Tayshet — Lena t. y.lari, Tuymazidan Angarskka neft quvuri o’tkazildi. Mo- skvadan Baykalgacha boradigan Transsi- bir t.y. magistrali elektrlashtirildi. Saxa (Yakutiya)da olmos konlari topildi. G’arbiy S.ning shimolida neft va tabiiy gaz zaxiralari aniklandi va shu konlar asosida 19-a.ning 60y.larida, qisqa muddat ichida neft va gaz sanoat- lariga asos solindi. Sda qora metallurgiyaning Kuznesk k-ti va G’arbiy Sibir z-dini o’z ichiga olgan 3bazasi vujudga keltirildi. No- vosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va b. shaharlardagi z-dlar g’alla kombaynlari, traktorlar, traktor pluglari, radio- priyomnik va radiolalar, sovitkichlar, kir yuvish mashinalari ishlab chikaradi. Rangli metallurgiyaning muxim markaz- lari: Norilsk, Belovo, Novokuznesk, Krasnoyarsk, Bratsk, Sheloxov. S. va uzok, Sharqning konchilik sanoati olmos, ol- tin, platina, Nodir metallar, asbest, slyuda, grafit, dala shpati va b.ni bera- Di. S.dagi o’rmon sanoati korxonalari — da yog’och, yog’ochtaxta, tsellyuloza ishlab chiqariladi. Rossiyadagi yirik o’rmon sanoati majmualari Bratsk va UstIlim hamda Lesosibirskda, tsellyuloza z-Di Bay,~ kalskda barpo etildi. Ekin maydonlari, asosan, S.ning Jan. qismida. 1950 — 60 y.larda S.da qo’riq erlar o’zlashtirildi (G’arbiy S.da 7 mln. ga dan ortiq). Ekin mayd. 26,7 mln. gektar. S.da tovar g’alla (asosan, bahori bug’doy), go’sht, mol yog’i etkazib beriladi. Chorvachilikda kramol, kuy va echki boqiladi. T.y. uzunligi 14 ming km [shundan yarmi elektrlashtirilgan. Bay- kal—Amur magistrali (BAM) uz. 3145 km] mavjud. Quvur yo’llari (jumladan, Tuymazi — Angarsk) va yirik dengiz portlari (Dikson, Dudinsk, Igarka va b.) qurilgan. Ad.: Ziyoev H., Sibir, Volga va Ural bo’yidagi o’zbeklar, T., 2003.