SENT-VINSENT VA GRENADINA

SENT-VINSENT VA GRENADINA (Saint Vincent and Grenadines) — ka- rib dengizidagi SentVinsent o. va GRE- Nadina o.larining shim. qismida joy- lashgan davlat. Mayd. 389 km2. Aholisi 116 ming kishi (2002). Poytaxti — King- StaUn sh. Ma’muriy jihatdan 5 tumanga bo’linadi. Davlat tuzumi. S.V. va g. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibiga kiruvchi konstitusiyali mo- narxiya. Amaldagi Konstitusiyasi 1979 y. kuchga kirgan. Davlat boshlig’i — Buyuk Britaniya qirolichasi bo’lib, uning no- midan generalgubernator ish yuritadi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat orga- ni — bir palatali parlament (Majlis palatasi). Ijrochi hokimiyatni general- gubernator tomonidan tayinlanadigan bosh vazir amalga oshiradi. Tabiati. SentVinsent o. vulkan ot- ilishidan hosil bo’lgan. Eng bal. joyi 234 m — Sufrier vulkani. Hozir ham harakatda. Eski vulkanlar tizmasi shim. dan Jan.ga tomon pasayib boradi. Grena- Dina o.lari marjon riflari b-n o’ralgan. Iqlimi tropik, passatli. O’rtacha oylik tra 18-32°. Dek.dan apr.gacha quruq mav- sum, yillik yog’in 1500-3700 mm; uning 70% maydan noyab.gacha yog’adi. Teztez bo’ron bo’lib turadi. SentVinsent o.ning Markaziy qismi o’rmon b-n qoplangan, bu- tazorlar ham uchraydi. Hayvonot dunyosi anvoyi qushlar (to’ti, kolibri), turlitu- man tropik baliqlar va hasharotlardan iborat. Bir necha qo’riqxona bor. Aholisining asosiy qismi sentvin- sentliklar bo’lib, ular plantasiyalarda ishlatish uchun mustamlakachilar tomoni- dan keltirilgan afrikalik neflar b-n indeyslar aralashuvidan hosil bo’lgan mulatlardir. Dindorlarining aksariya- ti — xristian (protestant)lar. Rasmiy til — ingliz tili. Tarixi. SentVinsent o.ga 1498 y. X. Kolumb avliyo Vinsent kunida etib borgan. 17-a.gacha Ispaniya mulki hisoblangan, 1783 y.gacha goh frantsuzlar, goh inglizlar qo’liga o’tib turgan, nihoyat o’sha yili Buyuk Britaniya mustamlaka- siga aylantirilgan. 1958-62 y.larda orollar VestIndiya Federasiyasi tarki- bida bo’lgan. 1969 y. «Buyuk Britaniya b-n uyushgan davlat» maqomini oldi. 1979 y. 27 okt.da mustaqillikka erishdi. 1980 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 27 okt. — Mustaqillik kuni (1979). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. Xalq taraqqiyoti harakati partiyasi, 2000 y. tuzilgan; yangi demokratik par- tiya, 1975 y. asos solingan; Birlashgan leyboristlar partiyasi, 1994 y. tashkil etilgan. Mehnatkashlar milliy harakati kasaba uyushmasi; ishchilar Birlashgan Ittifoqi, 1962 y. tuzilgan; S.V. va g. mehnatkashlari Ittifoqi, 1943 y. asos solingan. Xo’jaligi. Q.x. va xorijiy sayyoqlarga xizmat ko’rsatish iqtisodiyotning asosi- ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda xizmat ko’rsatish sohasining ulushi (shu jumladan, turizm) 71,9%, q.x.ning ulushi 10,6% va sanoat ulushi 17,5% dan iborat. Mehnatga layoqatli aholining 60% q.x.da band. Asosiy q.x. mahsulotlari — ba- Nan, kokos yong’og’i, Mango, muskat yong’og’i, kakao, maniok, tsitrus mevalar, ildizi- dan arrorut kraxmali ajratib olina- digan o’simliklar. Qoramol, cho’chqa, qo’y boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. Yiliga o’rtacha 73,2 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Mahalliy q.x. xom ashyosini qayta ishlaydigan, to’qimachilik, poyabzal, farmasevtika korxonalari bor. T.y. yo’q. Avtomobil yo’llari uz. — 1020 km. Asosiy dengiz porti va aeroporti — Kingstaun. Chetga banan, arrorut, xom shakar, kopra va b. chiqaradi, chetdan keng iste’mol molla- ri, oziq-ovqat, yoqilg’i, transport vosi- talari keltiradi. Asosan, Karib havzasi mamlakatlari, AQSh, Buyuk Britaniya b-n savdo qiladi. Pul birligi — Sharqiy ka- rib dollari. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Gaz. va jur.lari: «ga- vernment gazett» («hukumat gazetasi», 1868 y.dan), «Nyu tayme» («yangi vaqt», haftalik gaz., 1984 y.dan), «Vinsenshn» («Vinsentlik», haftanoma. 1919 y.dan), «Gavernment Bulletin» («hukumat Byul- leteni»), «Yuniti» («birlik», 2 haftada bir marta chiqadigan jur.). «Neshnl brodkasting Korporeyshn of Sentvin- sent end Grenadine» hukumat radio va teleko’rsatuv xizmati mavjud. Kingstaunda pedagogika inti, tex- Nika kolleji, Milliy muzey, anglikan sobori, botanika bog’i (1763 y. tashkil etilgan), Sharlott qal’asi (inglizlar- ning 18-a.dagi istehkomi) bor.