So’zak, gonoreya, Tripper
So’zak, gonoreya, Tripper — go- nokokklar qo’zg’atadigan yuqumli ve- nerik kasallik. Ko’pincha, tasodifiy jinsiy aloqa qilish oqibatida kelib chiqadi. Kasallik, asosan, jinsiy yo’l bilan yuqqanligi uchun aksariyat siydik chiqarish kanali va jinsiy a’zolar za- rarlanadi. Infektsiya manbai S. bilan og’rigan erkak yoki ayol. Jinsiy aloqada gonokokklar jinsiy a’zolar va siydik chiqarish kanalining shilliq qavatiga tushib, uni yallig’lantiradi. Ba’zan ka- sallik bemor ishlatgan buyumlar (sochiq, mochalka, kurpa-tushak, kiyim-kechak va b.) dan foydalanganda ham yuqishi mum- kin. Chunonchi qizlarga kasallik bemor onadan o’tadi; bunga jinsiy a’zolar- dan tashqari, ko’z (q. Blennoreya) va og’iz shilliq pardalarining S. oqibatida yallig’lanishi sabab bo’lishi mumkin. Kasallik alomatlari, odatda, S. yuqqanidan so’ng oradan 3-5 kun o’tgach paydo bo’ladi. S. bilan kasallangan er- kaklarda siydik chiqarish kanalining oldingi qismi yallig’lanadi, achishadi, qiziydi va og’riydi, siyganda og’riq zo’rayadi; siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi qizarib, shishadi; toray- ib qoladi, yiring ajraladi, siydik ra- von kelmaydi, kechalari og’rikli erektsiya kuzatiladi. Bemorning ahvoli aytarli o’zgarmaydi, ba’zan ishtaha pasayishi, darmonsizlik, bir oz tra ko’tarilishi mumkin. Tashqi (balanopostit) va ichki (prostatit, epididimit, ooforit, Endo- metrit) jinsiy a’zolar, qovuq (tsistit), bo’g’imlar (artrit) va b. yallig’lanishi mumkin. S. o’z vaqtida davolanmasa, boshqa a’zolarga tarqalishi, yillab cho’zilishi va nihoyat surunkali Tue oli- shi mumkin. Jinsiy aloqa, achchiq, sho’r ovqatlar eyish, spirtli ichimliklarga ruju qilish oqibatida kasallik botbot qo’zib turadi. S. ning ko’p uchraydigan asoratlaridan prostatit va urug’pufa- klarining yallig’lanishi erkakni jinsiy hayotga yaroqsiz qilib qo’yishi, shuning- dek, bepushtlikka sabab bo’lishi mumkin. Bemor uzoq vaqt davolanishi lozim, ba’- zan siydik chiqarish kanali torayganda operasiya qilinadi. S bilan og’rigan ayollarda kasal- likning o’tkir davri erkaklardagiga qaraganda sezilarsiz o’tishi, bemor ka- sallanganini uzoq vaqtgacha bilmasligi mumkin. Yallig’lanish jarayoni ko’pincha siydiktanosil sistemasining pastki va yuqori qismida kuzatiladi. S. yuqumli bo’lgani uchun kasallik belgilari paydo bo’lishi bilanoq Vene- rolog vrachga murojaat etish kerak. Be- mor teri va venerik kasalliklar dispan- serida davolanadi. Ba’zan davo paytida siydik kanalida og’riq, achishish, yiring kamayadi. Bemor o’zini sog’lom his qiladi va jinsiy aloqa qilaveradi, lekin or- ganizmda hali gonokokklar bo’lishi mumkin. To’liq davolanmay jinsiy aloqa qiladigan bemorlar atrofdagi- lar uchun juda xavfli bo’lib, kasallikni boshqalarga yuqtiradi va turli noxush oqibatlarga sabab bo’ladi. Shuning uchun sog’aygan bemorlar bir necha marta lab. tekshiruvidan o’tkazilib, kasallik alo- mati topilmagach sog’lom hisoblanadi. S bilan og’rigan kishilarda immunitet paydo bo’lmaydi, bir kishi S. bilan bir necha marta og’rishi mumkin (reinfek- tsiya). O’z vaktida davo qilinsa, bemor bu- tunlay sog’ayib ketadi. S.ning oldini olishda tasodifiy jinsiy aloqadan saqlanish, shaxsiy gi- gienaga rioya qilish, aholi o’rtasida te- ritanosil kasalliklariga oid suhbatlar o’tkazish hamda tarbiyaviy ishlar olib borish zarur.