So’zana
So’zana (forscha — igna bilan ti- kilgan) — mashina yoki qo’lda matoga kashta tikib tayyorlanadigan badiiy buyum. Ip gazlama, shoyi, Baxmal kabi sidirg’a matolarga turli choklar (bos- ma, yo’rma, popop)da kashta tikiladi. Kashta zamini sifatida mato rangi S. koloritini hosil qilishda muhim rol o’ynashi bilan palaktsan farq qiladi. Naqsh mujassamoti Markaziy maydon (aylana gul va b.) va hoshiya (takrorla- nuvchi 1-2 naqsh bo’lagi)dan tuzilgan to’rtburchak, murabba shaklga ega bo’lib, asosan, o’simliksimon (ba’zan tasvirli, syujetli) naqshgullardan iborat. Naksh mujassamotining asosiy chiziklari axta yordamida matoga tushiriladi. S.ning ba- diiyligi, nafosati chevarning mahorati, uning ijodiy didi bilan belgilanadi. Ayniqsa, zardo’zlikdz. Tayyorlanadigan S.lar jilosi, jozibasi bilan ajralib turadi. S, odatda, xonani bezatish uchun devorga osiladi (ayrim mintaqalarda kelinkuyovlarning o’rni ustiga yopiladi). Suzana (19-a. oxiri, Shaxrisabz). O’zbekiston va Tojikiston hududida S. qadimdan keng tarqalgan. Samarqand, Bu- xoro, Toshkent, Shaxrisabz va b.da o’ziga xos tarzda tayyorlangan S.lar kashtasi, naqshi, rangi jihatdan xilmaxil bo’lib, ulardan namunalar respublika va xori- jiy mamlakatlar muzeylarida, xususiy to’plamlarda saqlanadi. 20-a.ning 20— 30y.larida S.ning asosiy mujassamoti shakllandi (hoshiya ingichkalashdi, gul- lar etakchi o’rinni egalladi), 40y.lardan mashina kashtado’zligining rivojlani- shi bilan S. kashtalari mashinada ham tikila boshlandi, mavzuli, tasvirli S. mujassamotlari yuzaga keldi. 20-a. oxi- riga kelib O’zbekiston mustaqilligi (1991) dan keyin amaliy bezak san’a- tining barcha sohalarida bo’lganidek, kashtado’zlik (jumladan, uning S. turi) ham jadal rivojlandi, S. uchun mato va kashtalar uchun iplar tayyorlash keng yo’lga qo’yildi. Bunda Buxoro (3. A’- loberdieva, 3. Obloqulova va b.), Sur — xondaryo (A. Xolyorova va b.), Samarqand (S. Rahmatullaeva, M. Haydarova va b.), Toshkent (I.Davlatov, Z.Fayzullaeva va b.), Qashqadaryo (3. Hamidova va b.) kabi S. tayyorlash markazlarining hissasi katta. Zamonaviy mujassamot- li, nafis koloritli, serjilo, rang- barang S.lar yaratilmoqda, ular xalqaro ko’rgazmalar (AQSh, Frantsiya, Italiya va b.)da namoyish etiladi, muzey va xususiy to’plamlarda saqlanadi. S. mujassamotlarini yaratishda ras- somlar amaliy san’at ustalari bilan hamkorlik qilmoqda.