So’z turkumlari

So’z turkumlari — tildagi so’zlarning ularda umumiy kategorial ma’noning (Mae. otlarda predmetlik, fe’llarda harakatholat), grammatik ka- tegoriyalar yagona tizimining, o’ziga xos so’z o’zgarish, shakl va so’z yasalish tipla- rining, sintaktik vazifalar umumiy- ligining mavjudligiga qarab ajrati- ladigan guruxlari (ba’zi adabiyotlarda «so’zlarning leksikgrammatik kategoriya- lari» deb ham ataladi). Demak, so’zlarni guruhlarga, turkumlarga ajratishda aso- san ularning sintaktik, morfologik va ma’noviy (semantik) xususiyatlarining o’xshashligi hisobga olinadi. St. avva- lo 2 asosiy guruhga bo’linadi: mustaqil S. t. va mustaqil bo’lmaganS. t. Birinchi guruhga o’zbek tilida mustaqil so’zlar, ikkinchi guruhga esa yordamchi so’zlar, un- dovlar, taslid so’zlar va modal so’zlar kiradi. Mustaqil so’zlar lug’aviy ma’- noga ega, nominativ vazifa bajaradi- gan, ya’ni predmet, hodisa, belgi, harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil bo’lagi vazifasida kela oladigan so’zlardir. So’zlar jumlada egallagan pozisiya- lariga ko’ra ham tasnif qilinishi mum- kin. Gapda bir xil sintaktik pozisiyada tura oladigan yoki bir xil sintaktik va- Zifa bajara oladigan so’zlar bir S.t.ga kiritiladi. Bunda sintaktik vazifalar- ning yig’indisigina emas, balki ushbu vazifalardan har birining muayyan st. ga xoslik darajasi ham muhimdir. Bu va- zifalar birlamchi va ikkilamchi turlar- ga bo’linadi. Mas, o’zbek tilida, boshqa bir qancha tillarda bo’lganidek, ot va fe’l turkumidagi so’zlar o’rni bilan ega vazifasida ham, kesim vazifasida ham kela oladi, lekin fe’l uchun kesimlik vazifasi birlamchi, egalik vazifasi ik- kilamchi hisoblanadi. Xuddi, shuning- dek, otlar uchun egalik vazifasi birlam- chi, kesimlik vazifasi esa ikkilamchi hisoblanadi. Har bir so’z turkumi o’ziga xos gram- matik kategoriyalar to’plami bilan ajra- lib turadi. Bu kategoriyalar (mas, otlar- dagi kelishik, egalik, son; sifatlardagi daraja; fe’llardagi shaxsson, mayl, nisbat va b.) har bir S. t. dagi aksariyat suzlarga tegishli buladiki, bu narsa suz- larni turkumlarga ajratishning morfo- logik mezoni sanaladi. Hoz. maktab grammatikalaridagi st. tizimi, ya’ni suzlarni turkumlariga ajratish qad. davrlarga borib taqaladi. Mil. AV. 4-a.da Aristotel st.ni 7 ga, mil. AV. 5-a.da hind tilshunoslari Yaska, Panini 4 ga bo’lganlar. Keyinroq, mil. AV. 2-1-a.larda aleksandriyalik Filo- loglar frakiyalik Dionisiy, Apolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash mor- fologik, semantik va sintaktik asoslar- da 8 ga (otism, fe’l, ravish, sifatdosh, artikl, olmosh, kumakchi, bog’lovchi) bo’lganlar. Bunda ismlar o’z navbati- da ot, sifat va son guruhlarini qamrab olgan. S.t.ning bu tizimi ma’lum dara- jada Arab grammatik an’analariga ham ta’sir ko’rsatgan: arablar ham fe’ldan boshqa mustaqil suzlarni «ism» termi- ni bilan ataydilar. Keyingi davrlarda (urta asrlar va 19-20-a.larda) Evropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha tasniflar amalga oshirilgan bulsada, ular ko’pincha aleksandriyaliklar tasni- figa tayangan holda bajarilgan. Turli tillarda st. soni va ayrim turkumlar- ning hajmi turlichadir. Mas, St. soni hoz. rus tilida ko’pincha 10 ta deb, o’zbek tilida esa 10-12 ta deb (turli Darsli- klar) kursatiladi. Bular 6 ta mustakdl (ot, sifat, son, olmosh, ravish va fe’l), 3 ta yordamchi (ko’makchi, bog’lovchi, yuklama) va 3 ta alohida (undovlar, taklid so’zlar, modal suzlar) st. dir. St. sonining bar- karorlashmaganligi kelgusida bu sohada yangi izlanishlar olib borish zarurligi- ni kursatadi. Ad.: O’zbek tili grammatikasi [2 j.li], 1J., T., 1975; hozirgi o’zbek ada- biy tili, 1qism, T., 1980; Revzi na o. G., Revzin I . I ., Lingvotipologicheskie is- sledovaniya, vo’p. 2, ch. 2, M., 1975. Ibodulla Mirzaev, Ne’mat Mahkamov.