Sug’diylar, sug’dlar

Sug’diylar, sug’dlar — Zarafshon vodiysi va Qashqadaryo vohasining qad. aholisi. Bu mintakdtsa S. etnik uyushma sifatida mil. AV. 12-11-a.larda pay- do bo’lgan. Avesto kitobida Gava nomli yurtda S. yashaydi deb ko’rsatilgan («VI- devdat», I fragard). Axomaniylar qoyatosh bitiklaridagi Suguda nomli qaram sa- traplik aholisi S. bo’lgan. S. har 2 vohada dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishida muqim rol o’ynagan. Mil. AV. 8-7-a. larda Ko’ktepa, Afrosiyob, Uzunqir, Sangirtepa, Erqo’rg’on sh. xarobalari o’rnida bo’lgan qad. shaharlar Sug’d xalqi shaharsozligining ilk yirik markazlari edi. S uzoq muddat turli saltanatlar tarkibida bo’lib kelganlar. Jumla- dan, Axomaniylar, yunonlar, Kushonlar, xioniylar, eftaliylar, kidariylar, Turk xoqonligi davrida ham nisbiy mustaqillik ruhini saqlaganlar. Mil. AV. 2-1-a.lardan boshlab S. o’z hududlarida yangi konfederatov davlat tizimi atrofida birlashdilar. Asosiy poytaxt shaharlar Samarqand boshchili- gida Kesh, Buxoro, Naxshab(Nasaf) ka- bilar edi. Ayni shu davrdan umumsug’d alifboli yozuvi amal qila boshlagan va uning ko’plab yodgorliklari bizgacha etib kelgan. S. Buyuk ipak yo’li xalqaro munosa- batlarda katta nufuzga ega edilar. Sug’d tili xalqaro til darajasiga ko’tarilgan. Sug’d yozuvi esa, qad. turkiyruniy, uyg’urturkiy, mo’g’ul, manjur va b. Sharq yozuvlariga grafik asos bo’lib xizmat qilgan. S. o’z yozma yodgorliklarida xalq sifatida «Sg’udik nob» «Sug’d xalqi» deb atalgan. S. Sharqiy Turkistonga savdo bi- lan kelib, Buyuk ipak yo’lidagi shahar va qishloqlarda, 4-5-a.lar davomi- da (balki oldinroq) shu erlarda qolib yashaganlar. Bu erdagi viloyatlarning ko’pchilitida savdosotiq ishlari S.ning qo’lida bo’lgan. Dunxuan va Guanch- Jou viloyatlarining hokimi ma’lum vaqtlargacha Sdan bo’lgan. 6-8-a.lar da- vomida bularning ham ko’pchiligi tur- kiylashib ketgan. Ad.: Ishoqov M ., Sug’diyonatarixi chorrahasida, T., 1990; Ishoqov M., Unu- tilgan podsholikdan xatlar, T., 1992; Sogdiyskie dokumento’s goro’Mug, vo’p. 1-3, M., 196263. Mirsodiq Ishoqov.