Suyak sinishi
Suyak sinishi — shikastlanish oqibatida suyak butunligining buzili- shi. S.s. travmatik va patologik turlarga bo’linadi. Travmatik S.s. sog’lom suyakka to’satdan kuchli mexanik kuch ta’sir eti- shi natijasida ro’y beradi. Patologik S.s. esa biror kasallik (mas, suyak sili, suyak o’smasi, osteomielit, osteoporoz va h.k.) oqibatida mo’rt bo’lib qolgan suyakka kucheiz tashqi ta’sir tufayli yuz beradi. S.s. yopiq yoki ochiq bo’ladi. Yo p i q sinishda singan joy sohasidagi teri zararlanmaydi, och i q sinishda esa teri yirtilib, suyak bo’laklari teri- dan tashqariga chiqib qoladi. Ochiq S.s. yopig’iga nisbatan xavfliroq xisoblana- Di, chunki teridagi yirtilgan yara orqali infektsiya singan sohaga kirib qolishi va yiringlashga sabab bo’lishi mumkin. Ochiq S.s, asosan, harbiy qurollar ta’- siri va yo’ltransport halokati tufayli sodir bo’ladi. Singan suyaklar soniga ko’ra S.s.lari monotravma (bitta S.s.) va politravma (bir nechta S.s.)larga ajratiladi. Suyak- ning nechta bo’lakka bo’linishiga qarab oddiy (suyak ikki bo’lakka bo’linsa) va mu- rakkab (suyak bir necha bo’lakka bo’linsa) S.s. qayd etiladi. Suyak bo’laklarining shakliga ko’ra S.s.lari ko’ndalang, uzuna- siga, qiya, vintsimon, Tsimon, Vsimon, maydalangan bo’ladi. Singan suyak bo’laklari joyidan siljimasligi yoki muskullar qisqarishi natijasida sil- JIB ketishi mumkin. S.s.ning faqat bo- lalarga xos bo’lgan «novdasimon sinish» va epifizeoliz turlari mavjud. Suyak bo’laklari atrofdagi qon tomir- lari va nerv tolalarini jarohatlashi mumkin. Bir nechta mayda suyaklar yoki bitta yirik suyak (mas, son suyagi, chanoq suyagi) singanda ichki va tashqi qon oqishi tufayli travmatik shok vujudga keladi. S.s.ning tashqi ko’rinishdan AB- solyut (suyak kaltalashuvi, qiyshayishi, sinish sohasida kirtillash) va nisbiy (shish, og’riq, funktsiyaning buzilishi) belgilari ko’zga tashlanadi. Seni davolashning konservativ (operasiyasiz) va operativ usullari mavjud. Konservativ davo usullari (qo’lda tortib yoki tana tortimi yorda- mida suyak bo’laklarini to’g’rilash, gips bog’lam qo’yish), asosan, oddiy S.s.larida qo’llanadi. Murakkab S.s.larida esa AK- sariyat hoјsharda operasiya qilinadi. Operativ davo usullaridan suyak bo’laklarini metall plastinka, shtift- lar, burama mix va tashqi fiksasiya appa- ratlari (mas, Ilizarov apparati) va h.k. bilan mahkamlash keng tarqalgan. Suyak bo’laklarining bitishi singan sohada suyak qadog’i hosil bo’lishiga asos- langan murakkab biologik jarayondir. Bitish muddati qaysi suyak singanligi, suyak bo’laklarining va atrof yumshoq to’qimalarining holati hamda organizm- ning umumiy ahvoliga bog’liq. Mayda va ko’mik suyaklar yirik va uzun suyaklarga nisbatan, bolalar suyagi esa kattalar suya- giga nisbatan tezroq bitadi. Qariyalarda suyak bitishi sekinroq kechadi. Suyagi singan joyni tezda mavjud narsalar (karton, faner, taxtacha va b.) yoki shina qo’yib, ustidan doka, ro’mol yoki bint bilan siqib bog’lash va bemorni zudlik bilan tegishli kasalxonaga olib borish kerak.