Surxondaryo teatri
Surxondaryo teatri, Mannon Uyg’ur nomidagi Surxondare viloyat o’zbek davlat musiqali drama teatri — O’zbekistonning etakchi teatrlaridan biri. 1935 y. 5 noyab.da Afandixon is- moilov sahnalashtirgan «g’olibiyat» spektakli bilan Termiz sh.da ochilgan. Toshkent yosh tomoshabinlar teatridan kelgan bir guruh san’atkorlar teatr aso- sini tashkil qildilar. Teatr direktori etib R.Bobojonov, bosh rej. A. Ismoi- lov, bosh rassom N.T.Malishevskiylar tayinlandi. O.Fayozova, M. Hamidova, K. Muslimova, 3. Olimov, T .Zoxidov, M. Umarova, X. A’zamov, N. Azizov, Q. To’laganov va b. teatrning ilk aktyorlari- dir. Jarko’rg’on kz—sz teatri xam S.t.iga birlapggirildi (1936). 30ylarda teatr repurtuaridan o’zbek dramaturglarining ijtimoiy hayot, kollektivlashtirish, turli kuchlarga qarshi kurash ruhida yozilgan asarlari o’rin oldi: «Rustam» (U. Ismoilov), «Gulsara» (K.Yashin), «Uygonish» (N.Safarov), «Maysaraning ishi» (Hamza), «Arshin mol olon» (u. Hojibekov), «Farhod va Shirin» (A. Na- voiy) va b. Teatr 2-jahon urushi yillarida og’ir sinovdan utdi. Teatr jamoasi- ning bir qismi urushga junadi. Ni- shon Hodimetov, Obid Rixsiev, Obid Ibrohimov, Qayum Tulaganov, Muhammad Shermuhamedov, Nurmat Azizov kabi san’atkorlar jang maidonlarida xdlok bo’ddilar. Front ortida qolgan qismi — 3. Olimov, A. Olimova, H. Muxid- dinov, X. Boboxonova, T. Latipova, A. Tolipov, M. Hamidova, O. Fayozova, K.Muslimovalar esa turli mavzularda asarlar sahnalashtirdilar: «Front» (A. Korneychuk), «boy ila xizmatchi» (Hamza), «Tohir va Zuhra» (S. Abdulla), «Nurxon», «Oftobxon» (K.Yashin) va b. 1942 y. teatr repertuarini yaxshilash maqsadida Denov kz—sz teatri S.t.ga qo’shildi. 1943 y. da teatrda studiya Ochil- Di. Teatr jamoasi rus va ukrain rej. va aktyorlari bilan ijodiy muloqotda bo’ldi. Urush yillari ular Termiz sh.ga evakuasiya qilingan edi. Xarkov ope- retta teatri artist va rej.lari ter- miz teatri krshidagi o’zbek studiyasiga murabbiylik qildilar. «Uylanish» (N.Gogol), «Skapenning nayranglari» (J.Moler), «Ona» (Uyg’un), «Yoriltosh» (Sh. Sa’dulla), «Muhabbat» (Tuyg’un), «Ota rozi» (H. G’ulom), «Muhabbat g’unchasi» (G’.Muxtorov) kabi spektakllar bilan teatr repertuari boyidi. 1948 y.da iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli teatr vaqtincha Buxoro teatriga qushib yuboriladi. 1957 y.da teatr qayta tiklanib, sur- xondare viloyat o’zbek davlat musiqali drama teatri deb nomlandi. Viloyat ba- diiy havaskorlaridan tuzilgan teatr ijodiy jamoasi dastlabki yillarda tomoshabinlarga manzur spektakllar yarata olmadi. 1958 y. avvallar Termiz teatrida ishlagan X. Boboxonova, H. Muhiddinov (Kattaqo’rg’on teatridan), S. Nurmatov, A. Rahmatov, N. Pardaev va b. teatrga taklif etildi. Ayni bir payt- da Toshkent teatr va rassomlik san’ati in-tini tugatganlardan A. Qosimov, 3. Solieva, S. Lutfullaev, E. Karimov, R. Karimova, A. Nomozovlardan iborat is- te’dodli yoshlar kelib qo’shilishdi. Te- ATR qisqa vaqt ichida o’z repertuarini yax- shiladi. «Birinchi muhabbat» (X. Voxit), «Xavfli uchrashuv» (I. Stadnyuk), «Boy ila xizmatchi», «Maysaraning ishi» (Hamza), «Nurxon» (K. Yashin), «Pil- la aya» (Tuyg’un), «Oltin bolta», «Guli siyoh» (S. Jamol), «Dustlar», «Qotil» (Uyg’un), «Zarafshon qizi» (D. Fayziy) kabi spektakllar muvaffaqiyat qozondi. «Gulsara» (K. Yashin), «qotil ona» (I. Ahmedov), «Ayajonlarim» (A. Qahhor), «Hijron alangasi» (Z.Fatxullin), «Sofiya taronasi» (Xugaev), «vet- nam tongi» (g. Kim), «Oltin devor» (E. Vohidov), «Qizbuloq fojiasi» (T. Tula), «Besh kunlik kuyov» (Shuhrat), «sir- li kun» (D. Valiev), «Sepsiz qiz» (A. Ostrovskiy), «Momo er, (Ch.Aytmatov», «Vir o’likka bir tirik» (A. Ibrohimov) kabi to’laqonli spektakllar bilan o’z mavqeini yanada mustahkamladi. 1974 y. teatr jamoasiga M. Abduqunduzov, 3. Otaboeva, K. Burhonov, E. Abduqodirov, D.Solixrva va b. kelib qo’shildi. 1977 y. teatr jamoasi otalig’ida Jarqo’rg’on, Muzrabot, uzun xalq, teatrlari ochildi. 1978 y. teatrga Mannon Uyg’ur nomi berildi. O’sha yili teatr jamoasi rus tilida spektakllar qo’ydi («kuyov va ke- Lin», «Maysaraning ishi», «hamma bi- lan birgalikda», «ayollar xdyotidan» va b.). Mustaqillikdan so’ng bu teatr sahnasida xam tub o’zgarishlar yuz berdi. Ko’proq tarixiy mavzuga, maxdlliy dra- maturgiyaga e’tibor kuchaydi, komediyalar, ertakspektakllar, O’zbekona urfodatlar- ga qurilgan asarlarga keng o’rin berildi: «Qamashgan ko’zlar» (I. Otaqulov), «Yul- duz so’ndi» (N.Hayitqulov), «Adib So- bir Termiziy» (N. Pardaev), «Sadoqatli arvoh» (X. Maqsadqulov), «Olifta» (F. Musajonov), «uzokdan kelgan kuyov» (X. Rasul), «temir xotin» (Sh. Boshbekov), «Xotinlar hazili» (H. Muhammad), «Jo- nonga bordim bir kecha» (Hamza), «Korbo- bo va yalmog’iz» (I. Niyozmatov), «Sehrli uzuk» (M. Krdirov), «o’chmas chiroq», «O’lim halqasi» (M. Boboev), «Uyqusiz tunlar» (R. Orifjonov), «osmonsiz uy» (Sh. Pardaev) va b. X. Boboxonova, M. Mahmudova, R. Mamataliev, L. Narzul- laev, g. Ravshanova, Y. Mirqurbonov, H. Oripov va b. teatrning etakchi aktyorla- ridir. Teatrning bosh rej.i va badiiy rahbari — Mansur Ravshanov (2004). Shomat Samatov.