Superfosfat

Superfosfat, sa(N2RO4)2 N2OQЅO4 (erkin N3RO4 aralashmali) — asosiy fosforli o’g’it. Tabiiy fos- fatlardan (apatit va fosforitdan) yoki appatit kontsentratidan sulfat kislo- ta bilan ishlab olinadi. Sanoatda bir necha xil S. ishlab chikariladi. Kukun (oddiy) S. — tez ta’sir qiluvchi, deyarli mushtlanmaydigan, rezina hidi keladi- gan kulrangoq unsimon universal o’g’it. 19,5% fosfat angidrid bo’lgan oliy navi va 18% fosfat angidrid bo’lgan bi- rinchi navi ishlab chikariladi. Donador S. kukun S.ni donadorlash va quritish yo’li bilan olinadi. Fizik xususiyat- lari yaxshi, saqlanganda mushtlashib qolmaydi. Donadorlar namligi 2— 4% (kukun S.niki 12-13%). Tarkibidagi erkin kislota 2,5—1% bo’lgani uchun o’zlashtiriladigan fosfor (19,5% dan kam emas) kukun S.ga keraganda birmun- cha ortiq. Qoratov fosforitidan olin- gan donador S. tarkibida kamida 14% R2O5 va kupi bilan 2,5% erkin kislota bo’ladi. Ammoniylashgan S. superfosfatni suvsiz ammiak, ammiakli eritma yoki ammiakatlar .bilan to’yintirib olina- Di. Uning tarkibi kiritilgan ammiak miqdoriga bog’liq. Ammiak kam doza- da bo’lganda S.ning erkin kislotasi (N3RO4) bilan monoammoniyfosfat (NH4H2PO4) hosil qiladi, o’g’itda suvda eruvchi R2O5 mikdori kamaymaydi. Am- miak ko’p miqdorda kiritilganda mono- ammoniyfosfat va tsitratda ertuvchan Di- kaltsiyfosfat hosil bo’ladi, ya’ni suvda eruvchan R2O5 mikdori kamayadi. Yaxshi fizik xususiyatlarga ega; namlanmaydi, mushtlashib krlmaydi, sochiluvchan, idish va qishloq xo’jaligi. Mashinalarining metall qismlarini emiradigan erkin kislotadan xoli. Nisbatan yuqori sama- raligi bilan ajralib turadi. Qo’sh S. — apatit kontsentratini fosfat kta bi- lan ishlab olinadigan kontsentrlangan fosforli o’g’it. R2O5 mikdori 44-46%. Marganesli S. tarkibida 14-19,5% R2O5 dan tashkari 1,5—2,5% marganes bo’ladi, borli S.da 0,1—0,3% bor va mo- libden l i S.da 0,1% molibden bo’ladi. Dunyoda ishlab chiqariladigan fos- Forli o’g’itlarning yarmiga yaqini S.ga to’g’ri keladi. S.ni hamma tipdagi tuproqlarda har xil usullar bilan xam- ma ekinlarga qo’llash mumkin. Sug’orma dehqonchilikda qo’proq ammoniylashgan S, shuningdek, ammo- fos qo’llaniladi, bu o’g’itlarning aso- siy qismi kuzgi shudgorda, qolgani o’suvgullash fazasida solinadi. Ad.: Nabiev M.N., Azotnokislotnaya pererabotka fosfatov, t. 1-2, T., 1976; Vishnyakov A.A., Fosfornie udobreniya iz karatauskix, guliobskix i drugix fosforitov, T., 1972. Risqivoy Yoqubov.