Sun, sung xonligi

Sun, sung xonligi — Xitoy tari- xida mavjud bo’lgan 2 sulola va davlat. Ilk S (420-479). Poytaxti — Szyankang (hoz. Nankin). Asoschisi — Sharqiy Szin xonligi (317-420), harbiy qo’mondoni Lyu Yuy (363-422). Lyu Yuy mamlakatda yuz bergan qo’zgolonlarni bostirishda va bir qator mayda xonliklarga qarshi kurashda g’olib chiqqanligi tufayli Sungvan (sung viloyati hokimi) unvoni bilan taqtsirlangan. 420 y. u fursatdan foydalanib Sharqiy Szin sulolasidan taxtni tortib olgan. Lyu Yuy sulolaga S. (xalq orasida Lyu sung deb ham nomlana- Di), o’ziga esa udi (jangovar xoqon) deb nom bergan. U davlatni mustahkamlashga qaratilgan bir qancha siyosiyiqtisodiy islohotlar o’tkazgan. Ushbu xonliqda jami 8 hukmdor o’tgan. Saroydagi fitna- lar, dehqonlar qo’zg’olonlari natijasida 479 y. xonlik barham topgan. So’nggi S. (960-1279). Poytaxti — Kayfin (Kay- fen). Asoschisi — so’nggi Chjou xonli- gi (951-960) sarkardasi Chjao Kuanin (Kuangying) (927-976). So’nggi Chjou xonligida hokimiyat almashinishi tu- fayli yuzaga kelgan siyosiy vaziyatdan foydalangan Chjao Kuanin harbiy to’ntarish uyushtirib, poytaxt Kayfinni egallab, taxtni o’z qo’liga olgan. U yangi davlat tashkil qilib, unga S. (Sung), chisi) deb nom bergan. Tarixda uning davri Szyanlung deb ham ataladi. Chjao Kuanin davlat hududini kengaytirish, Markaziy hokimiyatni mustahkamlash, xazinani boyitishga qaratilgan bir qator siyosiy, xarbiy va iktisodiy chora- tadbirlarni amalga oshirgan. S. hududi Markaziy va Jan. Xitoy bilan cheklan- gan. Tashqi siyosatda S. asosiy e’tibori- ni shim. Xitoyda kidanlar tomonidan barpo etilgan Lyao davlati (916-1124) dan himoyalanishga qaratgan. S. xonligi 979 y. hoz. Pekinni egallab, kidanlar- ga kuchli zarba berishni rejalashtir- gan. Ammo jangda mag’lubiyatga uchragan, kidanlar xonlik poytaxti Kayfinni bosib olishgan. S. xoni Taytszun saroy amaldorlari bilan poytaxtni tashlab Jan.ga qochgan. S. Lyao davlati bilan sulh tuzishga, unga o’lpon to’lab turishga va qo’shin sonini keskin qisqartirishga rozi bo’lgan. Keyingi davrlarda S. Su- lolasi Lyao davlati ta’siridan chiqishga ko’p harakat qilsada, uddasidan chiqa ol- magan. 1127 y. poytaxt Lin’an (hoz. Xan- gchjou) sh.ga ko’chirilgan. Shundan keyin S. xonligi Janubiy S. deb ataldi. 1279 y. u mo’g’ullar tomonidan tugatilgan. Abdulahad Xo’jaev.