Sud tergovi

Sud tergovi (O’zRda) jinoyat ish- lari bo’yicha sud muhokamasining aso- siy, mas’uliyatli qismi. S.t. ayblov xulosasini o’qib eshittirish bilan bosh- lanadi. Dastlab sudlanuvchidan e’lon qilingan aybiga iqrorligi yoki iqror emasligi so’raladi. So’ngra taraflar- ning takliflarini inobatga olib da- lillarni tekshirish tartibi belgila- nadi. Basharti S.t. sudlanuvchini so’roq qilishdan boshlansa, undan keyin jab- rlanuvchi so’roq qilinadi. Guvohlarni so’roq qilish, dalillarni ko’zdan kechi- rish, guvohlantirish, yozma dalillarni o’qib eshittirish, ekspertiza o’tkazish va b. sud harakatlarini bajarish navbati to’g’risidagi masalani sud ishning mu- ayyan holatlarini va taraflarning ta- kliflarini inobatga olib hal kidali. Barcha dalillar tekshirib chiqilgandan so’ng S.t.ni to’ldirish masalasi hal qilinadi va S.t. tamomlanadi. (JPK, 439—448moddalar).