Suv-tuz almashinuvi

Suv-tuz almashinuvi — odam va hayvonlar organizmida suv va tuz- larning qabul qilinishi, so’rilishi, taqsimlanishi, ehtiyoji hamda ajrali- shi bilan bog’liqjarayonlar majmui. St.a. organizm ichki muhitidagi suyuqliklar miqdori, kislotaishqor muvozanati, ionlar tarkibi, osmotik miqdorning do- imiyligini ta’minlaydi (q. Gomeostaz). Dastlab tirik mavjudotlar okeanlarda paydo bo’lganligi uchun kupgina dengiz umurtqasizlarining ichki suyuklikla- ri (asosiy ionlar bo’yicha) dengiz suvi tarkibiga o’xshash. Evolyusiya jarayonida organizmda ichki muhit suyuqliklari ti- zimi shakllandi va ularda ion tarkibi hamda suv mikdorini bir me’yorda saklab turuvchi mexanizmlar rivojlandi. Organizmdagi suvning umumiy miqdori bo’shliqichlilar guruhiga kira- digan hayvonlar (meduzalar)da 95— 98% atrofida, sut emizuvchilarda 60— 70% va hasharotlarda 45-65%. Odamda suvning umumiy mikdori gavda og’irligiga nis- batan 60%ni, hujayra ichi suyuqligida 40%, hujayra orasi suyuqligida 16%, tomir ichi suyuqligida 4,5% ni tashkil qiladi. To’qimalardagi fizik kimyoviy jarayonlarni ionlar (naq, KQ, Sa2Q, Md2q, Cl% SO4 , HCOl va b.) hamda mi- kroelementlar ta’minlaydi. Chuchuk suv- da yashaydigan hayvonlarda elektrolit- lar ichak ustki qobig’i yoki og’iz va kloaka shilliq qavatlaridan so’rilib, qon va limfa orqali organizm hujayralariga tarqaladi. Tuz tarkibi bo’yicha hujayra ichi va atrofi suyuqliklari tubdan farq qiladi; hujayra ichida KQ, Md2q va fosfatlar, hujayra atrofida naq, Sa2Q, S1 ko’p. Ionlardagi nomutanosi- blik plazmatik membrana faolligi va hujayra kimyoviy komponentlariga ay- Rim ionlar bog’langanligi bilan bog’liq. Hujayra ichida ham ionlar bir xilda tarqalmagan: naq tsitoplazmaga nisba- tan o’zakda ko’proq. Sa2Q — mitoxondri- yalarda. Organizmda tuzlar saqlanadigan joylar (depo) mavjud: suyak to’qimasida Sa2Q, jigarda bir qator mikroelement- lar to’planadi. Suv almashinuvi osmoregulyasiya- ning turiga bog’liq, chunki u tuzlarning chiqaruv sistemasiga ta’sir ko’rsatadi. Ko’pgina chuchuk suvda hamda suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlarning ustki qobiklarida ionlarni sorbtsiya qiladigan hujayralar bo’ladi, dengiz gomoyosmotik hayvonlarida tuzlarni ekskresiya qiladigan organlar (tuz bez- lari, jabralarda joylashgan maxsus hujayralar) rivojlangan. Sut emizuvchi- larda suv va tuzlarni nazorat qiladigan asosiy organ buyrak hisoblanadi. S.t.a. nazorati maxsus reflector sistemalar yordamida amalga oshiri- ladi, ulardan biri suyuqlik mikdori- ning o’zgarishiga (volyumoregulyasiya), ikkinchisi esa osmotik miqdorning o’zgarishiga (osmoregulyasiya) reaktsiya beradi, bundan tashqari, ayrim ion- lar mikdorini nazorat qiladigan Max- sus sistemalar aniqlangan. Mac, qon miqdorining kamayishi organizmda Naq ushlab qoladigan vazopressin va aldosteron gormonlarining ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Qonda Sa2Q miqdorining ko’payishi kaltsi- Tonin ishlab chiqarilishini kuchayti- rib, ionning suyakka o’tishi va buyra- klar orqali ajralishini ta’minlaydi. Gipokaltsemiya holati esa paratireoid gormon sekresiyasini kuchaytiradi, bu omil Sa2Q ning suyaklardan rezorbtsiya qilinishini ta’minlaydi va buyraklar orqali chiqarilishini kamaytiradi. Suvtuz gomeostazini ta’minlovchi a’zo va sistemalar Markaziy nerv sistemasi tomonidan nazorat qilinadi. Muhsin Zokirov.