«Savdogarbank»

«Savdogarbank» — O’zbekistondagi aktsiyadorlik tijorat banklaridan biri. 1994 y. 12 mayda savdo va tijoratga ko’maklashuvchi «sav- dogar» aktsiyadorlik tijorat banki sifatida tashkil etilgan. Boshqaruvi Toshkent sh.da. Bank ta’sischilari: O’zbekiston Respublikasi Moliya vazir- ligi, «O’zbeksavdo», «O’zbekbirlashuv» aktsiyadorlik kompaniyalari. Aktsiyador- lari 8079 yuridik va jismoniy shax- slardan iborat. «S.»keng tarmoqli universal banklardan biri bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va barcha viloyatlarda, tumanlarda 50 ta bo’limi, 24 minibanki ishlaydi. Bank respublikadagi turli tarmoq korxona- lariga bank xizmatlarini ko’rsatadi. Jumladan, savdo korxonalari b-n xalq xo’jaligining barcha tarmoklari korxo- nalari o’rtasidagi savdokredit opera- tsiyalari va hisobkitoblarni mablag’b-n ta’minlash, lizing, faktoring, hujjatli inkasso va hujjatli akkreditivlar, eks- portimport bitimlarini rasmiylash- tirish, «bankmijoz» masofadan turib hisobraqamlarga xizmat ko’rsatish, Avto- kreditlar berish kabi xizmatlarni amal- ga oshiradi. «S.»tomonidan i.ch. mikro- firmalari, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, kichik va o’rta biznes korxo- nalari, dehqon va fermer xo’jaliklariga hamda yakka tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida kreditlar ajratishga alohida e’tibor karatila- Di. Mijozlar (22815 ta; 2004 y. 1 yanv.) b-n ishlash uslublari un-tazam tako- millashtirilib, bank xizmatlarining zamonaviy shakllari amaliyotga joriy etilmoqda. Bank respublika qimmatli qog’ozlar bozorida faol qatnashadi. ABN Amrobank, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy ban- ki, Germaniyaning «bank Gezelshaft ber- Lin» banklari b-n vakillik aloqalari o’rnatilgan. Bank ustav kapitali 2,5 mlrd. so’m, o’z kapitali 4,2 mlrd. sum, yillik foyda 1 mlrd. so’m, jami aktiv- lari 44,5 mlrd. so’m, tizimda 2 mingdan oshiq xodim ishlaydi (2004, 1 yanv.). Musurmon Nurmamatov.