ZARKOSA

ZARKOSA — Bobotog’ tizmasidagi eng baland cho’qqi. Surxondaryo viloyatining shimoli sharqida, uzun tumani xududida joylashgan. Mutlaq balandligi 2290 metr. Sharqiy yon bag’ri Kofarnihon daryosi vodiysiga hamda shim. va shimoliy Sharqiy yon bag’ri Surxondaryo vodiysi tomon tik tushgan. Janubiy va Janubi Sharqiy yon bag’ri qiya. Qishda qor bilan qoplanadi. Zarkosadan sharqqa kichik soylar oqadi, g’arbida buloklar bor. Cho’qqi atrofida archazor, pistazor, bodomzorlar mavjud.