Sutyagin Sergo Mixaylovich

Sutyagin Sergo Mixaylovich (1937.23.2, Moskva) — me’mor. Tosh PI ni tugatgan (1960). 1960 y. dan «O’zdavloyiha» i.t. in-tida ishlaydi. 1967 y. dan shu in-tda 4arxitektura va qurilish bo’limi (AsO4) bosh me’mo- ri. S. loyihasi asosida O’zbekistonda bunyod etilgan yirik jamoat binolari: San’at saroyi (1964), uning 2kichik zali (1976), Chirchiqdagi «Turnalar» monu- menti (1972, haykaltarosh yu. Kiselyov), Dushanba sh.dagi kinokontsert zali (1985, 2300 o’rinli), Xivadagi Xorazm tarix muzeyi (Ma’mun akademiyasi, 1978— 83), Qo’qondagi musiqali drama teatri (1982-87) va adabiyot muzeyi (1989— 90), Urganchdagi xalqaro aeroport (19992000) va b. Hamza (1965) va Ali- sher Navoiy (1991) nomidagi O’zbekiston Davlat mukofotlari laureati.