ZARNUQ
ZARNUQ, Zarnuj, Ujuqzarnuq, Zerinuh (Saritoq) — qadimgi shahar-qal’a. Sirdaryoning so’l sohilida joylashgan. Abu Abdullo Xorazmiyning «Mafotix alulum» asarida «Zurnu istilohi chig’ir» ma’nosini anglatgan. Shunga qaraganda Zarnuq qal’asi chig’ir yordamida suv chiqariladigan balandlikda joylashgan. Chingizxon 1220 yil Fevralda Buxoroni olgach, mo’g’ullar Chingizxonning kenja o’g’li Tuli rahbarligida Zarnuqni qamal qilganlar. Chingizxon qamaldagilarga o’zining xos kishisi donishmand hojibni jo’natib taslim bo’lishni taklif etgan. Zarnuq ahli kuchlar teng emasligi boisidan taslim bo’lgan. Mo’g’ullar Zarnuqga «Qutlug’balig'» deb nom qo’yganlar.