Sulema

Sulema (lot. sublimatum — yuqori ko’tarilgan), simob (P)xlorid, HgCl2 — rangsiz kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 277-280°, qaynash t-rasi 302°. Suv, spirt, atseton, efir va piridinda eriydi. Suvdagi eritmasi elektr toki- ni o’tkazmaydi, chunki HgCl2 ionlarga parchalanmaydi. S. nixryatda zaharli modda, o’ta suyultirilgan eritmalari idishtovoqlar, mebellar va pollarni dezinfektsiyalashda, organik kimyoda ka- talizator sifatida, qishloq xo’jaligi. da urug’larga ishlov berishda, bo’yoqchilik, ko’nchilik ishlarida qo’llanadi (yana q. Simob).