«ZARYA SURXANA»

«ZARYA SURXANA» («Surxon tongi») — Surxondaryo viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazeta. Termiz shahrida rus tilida haftada 2 marta chiqadi. Dastlab 1941 yil 10 avgustdan «Leninskoye Znamya» («Lenin bayrog’i») nomi bilan nashr etilgan. 1991 yildan hozirgi nomda. Gazetaga turli yillarda G.N.Rokotov, P.T.Trofimenko, M.M.Paleskiy, I.M.Melnikov, A.Hakimov, N.Chexakov, D.A. Kucherenko va boshqa muharrirlik qilgan. Gazeta sahifalarida viloyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotiga doir materiallar berib boriladi. Mamlakat fuqarolarida yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish, shu maqsadda yagona milliy g’oya — milliy mafkurani yaratish va hayotga tadbiq etish gazeta tahririyati jamoasi oldidagi eng muhim vazifa sanaladi. Adadi 1000 (2002).