SAYG’OQLI DAVLAT BUYURTMA QO’RIQXONASI
SAYG’OQLI DAVLAT BUYURTMA QO’RIQXONASI (zakazni- gi) — sayg’oklarni va ular ko’payadigan hududlarni muhofaza qilish maqsadida 1991 y.da tashkil etilgan. Qoraqalpog’iston Respublikasining Qo’ng’irot tumanida, Ustyurt platosi- ning shim.g’arbiy qismida joylashgan. Qoraqalpog’iston Respublikasi Tabiat- ni muhofaza qilish davlat qo’mitasiga qaraydi. Mayd. 1 mln.ga. Buyurtmaxo- naning Sharqiy chegarasi Qozog’iston Respublikasining davlat chegarasiga- cha, g’arbiy chegarasi Aterov (Gurev) va Oqto’ba viloyatlari chegaralariga qadar boradi. Ustyurtda yashaydigan sayg’oqlar Qoraqalpog’iston hududining Ustyurt qismida ko’payib, yozda Qozog’iston cho’llariga ko’chadi, kuzda yana Ustyurtga qaytadi. Bu hududda O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan tuvaloq va b. hayvonlar ham yashaydi. Buyurtma xududi- da sayg’oklarning umumiy soni 30 mingga yaqin (2003).