ZARYADNING SAQLANISH QONUNI

ZARYADNING SAQLANISH QONUNI — elektr jihatdan himoyalangan har qanday yopiq sistemada zaryadlarning algebraik yig’indisi ushbu sistemada qanday jarayonlar yuz bersa ham doimo o’zgarmay qolishini ifodalovchi qonun. Tabiatning asosiy qonunlaridan biri. M. Faradey tajribada kashf qilgan. Har qanday jismning elektr zaryadi karrali musbat va manfiy elementar zarralardan iborat. Elementar zaryad e orqali belgilansa, har qanday jismning zaryadi karrali e ga teng, ya’ni 0, + e, ±2e, …, ±Ne. Zaryad kvantlangan, ya’ni zaryad miqdori uzluksiz o’zgarmay, balki uzlukli ravishda o’zgaradi. Zaryad miqdori har qanday ta’sirlashuvlarda ham o’zgarmaydi, ta’sirdan so’ng zaryad faqat taqsimlanadi. Umumiy zaryad o’zgarmaydi, ya’ni zaryadning saklanish qonuni o’z kuchini saklaydi: elektr zaryadlari o’zo’zidan paydo bo’lmaydi va yo’qolmaydi, ular faqat bir jismdan boshqasiga uzatiladi yoki jism ichida ko’chadi hamda yopiq sistema ichida elektr zaryadlarining algebraik yig’indisi o’zgarmay qoladi.