SAKKIZ YILLIK MAKTAB
SAKKIZ YILLIK MAKTAB — to’liqsiz o’rta ma’lumot bergan umu- miy ta’lim maktabi. Tayanch maktab deb yuritilgan bu o’quv muassasalari 1958 y.dan etti yillik maktab o’rnida tashkil etilgan. O’zbekistonda etti yillik umu- miy majburiy ta’limdan sakkiz yil- lik umumiy majburiy ta’limga o’tish 1959/60 o’quv yilida boshlanib, 1962/ 63 o’quv yilida to’liqtugallangan. S.y.m. 7 yoshdan 15-16 yoshgacha bo’lgan o’quvchilar ta’lim-tarbiyasini uyushtiruvchi o’quvtarbiyaviy maskan hisoblangan. Ularda o’quvtarbiyaviy ishlar mehnat tarbiyasi va amaliyot b-n bog’liq holda olib borilgan. S.y.m.ni bitirgan o’quvchi sakkiz yillik ma’lumot olganligi to’g’risida shahodatnomaga ega bo’lgan. Bu shahodatnoma umumiy o’rta ta’lim MAK- tabining 9sinfiga, o’rta maxsus hamda hunartexnika o’quv yurtlarida o’qishni davom ettirish huquqini bergan. 1984 y.dan umumiy o’rta ta’lim maktablarita aylantirilgan.