SAMARQAND DARVOZALARI
SAMARQAND DARVOZALARI — Samarqand sh.dagi tarixiy darvozalar. Samarqand o’rta asr shahar qurilishi an’analari asosida bunyod etilgan. Hoz. Samarqand sh. o’rnida (qad. Samarqand — Afrosiyob yodgorligi mo’g’ullar tomo- nidan vayron etilmasdan ancha oldin) 10-a.dayoq turli kasbdagi aholi yashay- digan mahallalar mavjud bo’lgan. 11-a. da bu mahallalar bir nechta darvozalari bo’lgan devor b-n o’ralgan. Arab sayyohi Ibn Bammyma o’z asarida Samarqandni O’rta Osiyodagi eng katta, go’zal va obod shaxarlardan biri sifatida ta’rifla- gan. Mo’g’ullar ucmwrocu natijasida vayron qilingan shahar (q. Samarqand mudofaasi) Amir Temur tomonidan ti- klangan. Mudofaa devorining ko’rinishi joyning mikrorelefidan kelib chiqkan holda egribugri chiziq ko’rinishida bo’lib, bu devorlarni o’z ko’zi b-n ko’rgan Boburnmit ma’lumotiga ko’ra, uning ustida otliq bemalol yurolgan. Shahar 2 qism: G’arb tomonda joylashgan Ark va Hisordan iborat bo’lgan. Umumiy maydo- ni taxm. 4,1 km2 bo’lgan. Shahar arkida 2 darvoza bo’lib, asosiy darvoza Sharq to- monda bo’lgan. Keyinchalik u oq darvoza nomi b-n atalgan. 2darvoza Jan. tomonda bo’lgan. Shaharning 6 ta darvozasi bo’lib, 1darvoza — shim. tomonda joylashgan Namozgoh deb atalib bu darvoza 15-a. da Shayxzoda deb ham nomlangan. Undan Ko’yi Malik (Shoh yo’l) degan yo’l o’tgan bo’lib Buxoroga ketilgan. 2darvoza bob ulHadid deb atalib, u 15-a.da Ohanin yoki temir darvoza deb atalgan. Undan Qusam ibn Abbos mozori tomon yo’l ut — gan. Shuning uchun shu nom b-n ham atal- gan. Yana qarshi darvozasi nomi b-n ham yuritilgan. Sharq tomondagi 3darvoza Mashhad deb nomlangan bo’lib, temuriy- larga mansub bo’lgan aslzodalardan Fe- ruz shoh nomi b-n Feruz darvozasi deb atalgan. Jan. tomonda 4—5darvozalar joylashgan. 4darvoza igna yasovchilar (Suzangaron) maxallasi nomi b-n Suzan- garon deb atalgan. 5darvoza esa avval Korizgoh, keyinchalik esa Xoja Ahror nomi b-n atalgan. 6darvoza g’arbiy devor- da arkdan Jan.rokda joylashgan bulib Chorsu darvozasi deb, keyinchalik chorra- xa deb atalgan. Shahar darvozalari badiiy jihatdan zamon ruhiga mos tarzda ulug’vor ko’rinishda qurilgan bulib, peshtoqlarining 2 tarafida mustahkam minoralar bo’lgan, devorlari esa turli ranglarda tovlanuvchi hashamdor kopla- malar b-n bezatilgan. Darvozalar or- kali ilon izi ko’rinishida yo’nalgan va shu darvozalar nomi b-n atalgan yo’llar shahar markazida joylashgan bozorga olib borgan. Bu yo’llarni kengaytirish va to’g’ri chiziq ko’rinishida kayta ta’- mirlash maksadida Amir Temurning 1404 y.bergan buyrug’i natijasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan, lekin shu yili kish qattik sovuq bo’lib, qalin yoqkan kor va Amir Temurning bevaqt vafoti nati- jasida qurilish to’xtab kolgan. Garchi 15-a.larga kelib, shahar asl holatini yo’kotsada, Abu Sayd va uning o’g’li Sulton Ahmad davrida kurilish davom etdi. Ohanin darvozasidan Regi- ston tomonga va undan Chorsu darvozasi tomon ravon yo’llar, atroflarida Sotuv rastalari kad. ko’targan. 17-a.ga kelib yangi qurilishlar, ta’mirlash ishlari sustrok bo’lsa ham yana davom etadi. 18-a. ning 20y.larida shahar inqirozga uchrab uzoq vaqt bo’shab qoldi. Shahardagi me’- moriy yodgorliklar, jumladan, darvoza- lar xam xarobaga aylandi. Turkiston- ning Rossiya tomonidan bosib olinishi natijasida Samarqandning Jan.g’arbiy qismida rus shaharsozligi an’analari asosida qurilishlar boshlandi. Kds. bino va inshoatning kupi buzilib ketdi, shu jumladan, darvozalar ham butunlay yo’q qilindi. O’tkir Alimov.