Saydalieva Fazilat Sharipovna

Saydalieva Fazilat Sharipovna (1917.2.9, Olmaota) — kashtado’z, O’zbekiston xalq rassomi (1950). «O’zbekiston rassomi» artelida nusxa ko’chiruvchi (30-y.lar), «O’zpromsovet»ga qarashli tajriba laboratoriyasida kash- tachirassom (1945-48). S. tasviriy san’atning rang-tasvir, grafika, teatr dekorasiyasi janrlarida ijod qildi, ayniqsa, badiiy kashtachilik rivojiga salmokli hissa qo’shdi; u tikkan palak, do’ppi, namoyonlarida kashtado’zning o’ziga xos uslubi ko’zga tashlanadi. «Ali- sher Navoiy» (1945) portreti chevarga katta Shuhrat keltirdi; «Oybek», «S. Ay- niy», «G’. G’ulom», «S. Eshonto’raeva» — hammasi 50y.lar; «Bobur» (1974), «Avto- portret» (1985) kabi portretlar b-n bir katorda mavzuli namoyonlar («O’zbekiston boyligi», 1958 va b.) ham yaratdi. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). «El-yurt hurmati» orde- ni b-n mukofotlangan (1999).