San’atshunoslik instituti

San’atshunoslik instituti, O’zbekiston Baning san’at- shunoslik ilmiy tadqiqot institute — o’zbek milliy san’ati nazariy va amaliy masalalari b-n shug’ullanuvchi ilmiy markaz. 1928 y.da Samarqand sh.da O’zbekiston musiqa va xoreografiya i.t. instituti nomi b-n tashkil qilingan. 1932 y. Toshkent sh.ga ko’chirilgan. Ma- daniyat ministrligi (194357 va 196397), O’zbekiston FA (1957-63) qoshida bo’lgan; 1997 y.dan O’zbekiston ba tar- kibida. S.i.da tasviriy san’at, amaliy san’at, musiqa tarixi, folklor va za- monaviy musiqa, teatr va xoreografiya, me’morlik, kino va televidenie, mada- niyatshunoslik, san’at va me’morlik ta- rixi, O’zbekiston san’atshunoslik eks- pedisiyasi bo’limlari, qad. yodgorliklar- ni restavrasiya qilish, fotokino, ovoz yozish lab.lari, ixtisoslashgan kutubxona bor. Int ko’rgazma to’plamida arxeologik kazilmalar jarayonida topilgan muhim ashyoviy manbalar xazinasi, valik va magnit tasmalariga yozib olingan Nodir va noyob xalq musiqa ijodiyoti namuna- lari, san’atshunoslik i.t.larining asl qo’lyozmalari, fotomateriallari va arxiv materiallari saqlanadi. 1978 y.dan nom — zodlik va 1992 y.dan drlik dissertasiya- lari himoyasi huquqiga ega ixtisoslash- gan kengash faoliyat ko’rsatadi. S.i.da o’zbek milliy san’ati — tasvi- riy va amaliy bezak san’atining nazariy uslubiy jihatlari, musiqiy meros va zamonaviy ijodiyot, an’anaviy va zamo- naviy teatr muammolari, kadimshunos- lik topilmalari, Madaniyatshunoslik va b. masalalar bo’yicha i.t. ishlari olib bo- riladi. Ilmiy tuplamlar nashr etiladi. Int 1989 y.dan Yaponiyaning Soka un-ti b-n ilmiy hamkorlik o’rnatgan, Yaponiya- ning Ipak yo’li in-ti b-n Kushan davriga oid Dalvarzintepa madaniy yodgorligi- da, yapon va rus arxeolog olimlari b-n hamkorlikda Kampirtepa xarobalarida qazilma ishlari olib borilmoqda. 2002 y.dan YUNESKOning folklor va an’a- naviy madaniyatni o’rganish mintaqaviy markazi tuzilib, Boysun majmuaviy eks- pedisiyasi o’z ishini boshlagan. In-tda san’atshunoslik taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan olimlardan g. A. Pugachenkova, L. I. Rempel, M. S. Bu- latov, I. Rajabov (q. Rajabiylar), M. K. Rahimov, T. S. Vizgo, L. Yu. Mankov- skaya, D. A. Faxretdinova, S. Mahkamova, A. Umarov va b. ishlagan; M. Razmenov, M. Krdirov, P. Zohidov, E. V. Rtveladze, R. Toqtosh, T. G’afurbekov, F. Karomatov (Karomatli), J. Teshaboev, A. Hakimov, R. Abdullaev, B. Turg’unov va b. ijodiy faoliyat ko’rsatmoqda. Davlat Mullajonov.