Sarkosporidiyalar

Sarkosporidiyalar, go’sht sporalilar (Sarcocystis) — bir hujayralilarga mansub hayvonlar tipi (ba’zi ma’lumotlarga karaganda sinf). Uzunligi bir necha mkm dan 20 mm gacha. Hujayra ichida parazit. Hayvonlar, ba’- zan odamlarda og’ir sarkosporidioz ka- salligini paydo kiladi. 90 ga yaqin turi bor. Oraliq xo’jayini (o’txo’r hayvonlar) sporosistalarini oziq b-n eb zararlana- Di. Oosistalari ichida 4 ta sporozoitli 2 ta sporosistasi bo’ladi. Sporozoit- lari o’sib o’txo’r hayvonlar organiz- mida shizontlarga aylanadi. Shizont- lar ko’p marta bo’linib, merozoitlarni hosil qiladi. Merozoitlar muskullar- ga o’tib, tsistalarga aylanadi. Asosiy xo’jayinlar (yirtqich sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar) tsistali go’shtni eb zararlanadi. Tsistalar asosiy xo’jayin ichagi hujayralarida o’sib, ga- montlarni hosil qiladi. Gamontlar ri- vojlanib, oosistalarga aylanadi; ular ichida esa 4 ta sporozoitli sporosista- lar rivojlanadi. Tashqi muhitga, aso- san, sporosistalar (o’lchami 8-16*9— 11 mkm) chiqariladi. Sarkofag (Yun. — go’shtni yutuvchi), sarqofa — tobut turlaridan biri. Asosan, tosh, Mar- Mar, yog’ochdan to’g’ri to’rtburchak, ba’zan qayiqsimon qopqoqli qilib yasalgan. S.ga jasad qo’yish qad. Misrda Fir’- avnlar sulolasi davri (mil. AV. 3ming yillik)da keng rasm bo’lib, Suriya, Fini- kiya orqali Sharqqa, shuningdek, Gresiya va Rimga tarqalgan. Markaziy va Sharqiy Oltoydagi qad. skif qo’rg’onlarini ochish jarayonida yog’och g’o’ladan o’yib ishlan- gan S.lar topilgan. S.ga ko’pincha jasad mo’miyolab qo’yilgan. Amir Temur jasadi ham S.ga solingan (bu S Samarqanddagi O’zbekiston xalqlari madaniyati va san’- ati tarixi muzeyida saqlanmoqda). S.lar o’zining badiiy bezak va suratlari, shu- ningdek, har xil qad. yozuvlari b-n san’at hamda epigrafika yodgorligi sanaladi.