Sayan tog’lari
Sayan tog’lari — Jan. Sibir tog’larining o’rta qismida joylashgan tog’o’lkasi. S. 2 tog’sistemasi: G’arbiy Sayan va Sharqiy Sayanga bo’linadi. Kras- noyarsk o’lkasi, Irkutsk viloyatining Jan., Tuva va Buryatiya Respublikasining shim.dagi hududni egallaydi. O’zaro Pa- rallel cho’zilgan bir necha tizmadan ibo- rat. Tizmalar orasida botiqlar mavjud. Tizmalarning balandligi shim.da 500 m, Jan.da 900 m va o’rta qismida 2500-3000 m va undan ham baland (munku—Sardik tog’larining eng baland joyi 3491 m). G’arbiy Sayan shim.Sharqiy yo’nalishda taxm. 650 km ga cho’zilgan va kazir va uda daryolari boshlanadigan joyda Sharqiy Sayanga tutashadi. Sharqiy Sayan eni — Sey daryosining chap sohili, Krasnoyarsk sh.dan Jan.g’arbroqdan boshlanadi va 1000 km uzunlikdan Jan.Sharq tomon- ga cho’ziladi va tunka botig’i orqali Baykalbo’yi va Baykalorti tog’laridan ajraladi. G’arbiy Sayan va Sharqiy Sayan tutashgan joydan g’arbda Chulimenisey va Minusinsk, Jan.da esa Tuva va tojin soyliklari joylashgan. 2000 m baland- likda tog’taygasi tarqalgan va chuqur daralar b-n kesilgan. 25003000 m ba- landliklarda tog’yon bag’irlari juda tik, kuchli parchalangan va kad. Muzliklar qoldiqlari (Karr, morena yotqiziqlari, troglar) mavjud. Sharqiy Sayanning g’arbiy qismi tekis yuzalardan (man, Kan va b.) iborat bo’lib, ularni ezda ham qor qoplab turganligi sababli «Belogore» deb ataladi. St. G’arbiy Sibir kaledon burma- lanishi davrida shakllangan va, asosan, paleozoy davri slaneslari, qumtoshlar va vulkanogen tog’jinslaridan tashkil topgan. St. hozirgi balandligiga neogen- ning oxiri va to’rtlamchi davrda sodir bo’layotgan yangi tektonik harakatlar na- tijasida ko’tarilgan. Bu davrda Sharqiy Sayanda vulkanlar otilgan va ularning konuslari (Kropotkin, Peretolchin) saqlanib krlgan. To’rtlamchi davrda St.ning katta qismi 2 marta muzlik b-n krplangan. Hoz. zamon muzliklari ham uchraydi. S.t.da temirli kvarsit, temir va mis rudalari, boksit, oltin, grafit, asbest, mineral va termal suvlar kabi foydali qazilmalar bor. Ikdimi keskin Konti- nental, kishi sovuq, uzoq davom etadi, yozi qisqa. Tog’larning yon bag’irlarida yanv.ning o’rtacha t-rasi -20° ga yaqin, tog oralig’idagi botiqlarda -30°, iyulning o’rtacha t-rasi tog’larda 10-12°, boti- Klarda 20-27°. Yillik yog’in tog’larning shim. yon bagirlarida 700-1200 mm, bo- tiklarda esa 250— 300 mm. S.tda ko’p yillik muzloklar keng tarqalgan. Aso- siy daryolari: Enisey, uning irmoklari (Abakan, Guba, Kantegir, Kazir, Man, Kan, Biryusa va b.). St. ning 60% hududida tog taygasi o’simliklari, tog’oralig’idagi boti- Klarda dasht o’simliklari o’sadi. Baland qismida Alp, subalp o’tloklari vatog’ tundrasi uchraydi. O’rmonlarda Los, ma- ral, elik, qo’ng’ir ayiq, Olmaxon, qobon, quyon, tulki; qushlardan bulduruq, karqur va b., soyliklarda kemiruvchi (uzun dum- li yumronqoziq, sassiqko’zan va b.) ko’p, daryolarida baliqlar (xarius, taymen va b.) bor. St. tabiiy resurslar (gidroener- giya, o’rmon, yaylov va b.)ga boy.