«Sahihi Buxoriy»

«Sahihi Buxoriy» (asl nomi «alJomi’assahih» — «ishon- chli to’plam») — 6 ta ishonchli hadis to’plamidan biri. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil alBuxoriyning 4 jilddan iborat bu hadislar to’plami Islom olamidagi boshqa muhaddislar to’plagan hadis to’plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. To’plamda fiqh, oila, nikoh, meros, ilm-ma’rifat, imon, e’tiqod, axloqodob, ta’lim-tar- biya va b. masalalar yoritilgan. Unda Islom arkoilariga aloqador mavzular b-n birga o’sha davr tarixi va etnogra- fiyasiga oid ko’pdanko’p ma’lumotlar mavjud. Imom alBuxoriy 600 mingga yaqin hadis to’plab, ulardan takrorlana- diganlari b-n 7275 tasini ishonchli deb hisoblab kitobiga kiritgan. To’plamda takrorlanmaydigan hadislar soni 4000 tadan iborat. «Sahih», ya’ni ishonarli hadislarni boshqa hadislardan ajratib, alohida to’plam shakliga keltirish an’a- nasini birinchi bo’lib Imom alBuxoriy boshlab bergan. Shundan keyin Imom Muslim, Imom atTermiziy, Imom Anna — soiy, Imom Abu Dovud, Ibn Moja kabi yirik muhaddislar ham uning izidan borib, sahih hadislarni alohida to’plam shaklida tasnif etishni boshlaganlar. Imom alBuxoriyning bu shoh asari dunyo yuzini ko’rganiga qariyb 1200 y. bo’ldi. Lekin u to shu vaqtgacha ham Islom man- balari bo’yicha Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o’rinni egallab kelmoqda. Ushbu asarning ko’plab nusxalari Islom olami bo’ylab keng tarqalgan. Hatto o’rta asrda yashagan ayrim adib va xattotlar uchun bu asardan nusxa ko’chirib berish an’anasi bo’lgan. Asarning asrlar osha bizgacha etib kelgan turli Arab yozuvi uslubida bitil- gan qo’lyozma nusxalari mamlakatimizda va xorijiy yurtlarda mavjud. «S.B.»asa- riga ko’pdanko’p sharhlar yozilgan. Muqim manba sifatida u qaytaqayta nashr eti- lib kelinmoqda. 1974 y. O’rta Osiyo va Qozog’iston musulmonlari tashabbusi b-n mamlakatimizda Islom dunyosi va- killari ishtirokida asar muallifi — Imom alBuxoriyning 1200 yillik Yubi- leyi nishonlangan edi. Shu munosabat b-n «SB.»Arab tilida Toshkentda qayta nashr etildi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’nggina to’laligicha o’zbek tiliga o’girildi: hoz. «O’zbekiston mil- liy entsiklopediyasi» davlat ilmiy na- shriyoti tomonidan 4 jildda (1J. 1991, 2j, 1996, 3j. 1994, 4j. — 1992), 2nash- ri esa 1997 y.da chop etildi. Shuni ham qayd etish lozimki, asarda hadisning nakl qiluvchi roviylariga katta ahamiyat berilgan. Pekin hadislardan olinadi- gan shar’iy hukmlar to’g’risida muallif aniq ko’rsatma bermagan. Shuning uchun asardagi barcha hadisni kitobxon o’zicha hayotga tatbiq etmasdan, Islom huquqiga ovd fiqhiy kitoblar orqali amal qilishlari tavsiya etiladi. Mac, mazmu- ni birbiriga zid bo’lgan ikki hadisning, albatta, biri keyinroq aytilgan bo’lib, oldingisida aytilgan hukmni bekor qiladi, ya’ni amaldan qoldiradi. Lekin qaysinisi birinchi, qaysinisi ikkin- chi ekani to’plamda ko’rsatilmagan. Uni faqat fikhshunos mujtahid olimlar- gina ajrata oladilar. Bundan tashqari, to’plamda mamlakatimiz musulmonlari amal qilib kelayotgan hanafiylik mazxa- biga to’g’ri tushmaydigan, balki boshqa uch mazhabga asos sifatida xizmat qiladigan hadislar ham talaygina. Binobarin, ibo- dat qoidalariga doir hadislar Ichida shunga o’xshashlari uchrab qolganda, maz- xabimizga shubha qilmaslik, balki biz- ning qilayotgan amallarimiz uchun boshqa hadis to’plamlarida asos bo’ladigan hadislar borligini unutmaslik lozim. Abdulaziz Mansur.