Sulton Hasan masjid- Madrasasi

Sulton Hasan masjid- Madrasasi — Qohira (Misr)dagi me’moriy yodgorlik (1356-63). Maj- mua masjid, madrasa va Sulton Hasan maqbarasidan iborat. Tarxi 68 x 155 m. Madrasa 4 ayvonli, hovli mayd. (32×34,6 m) 4 tomondan ravokli ayvonlar bilan o’ralgan (devor bal. 35 m gacha), ayvon- larning eng kattasida masjid xonaqohi joylashgan. Madrasaga hovlining 4 to- monidagi darvozadan kiriladi. Atro- fidagi hujralar 4 qavatli. Masjid devorlari marmar bilan qoplangan, po- liga koshin yotqizilgan. Mexrob yonidagi minbar marmardan ishlangan. Mexrob- ning 2 yonida maqbaraga kiriladigan eshiklar bor. Eshiklardan biri oltin va kumush bilan, makbara (21×21 m) Mar- Mar bilan qoplangan. Gumbaz osti bag’ali muqarnasli (17-a.da Kanta tiklan- gan). Hovli o’rtasidagi marmar ustun- li ko’shk o’rtasiga favvora o’rnatilgan. Peshtoqi (bal. 38 m) muqarnas bezaklar tosh o’ymakorligi va qadama naqsh bilan jozibador bezatilgan. Guldastamino- rasi o’ziga xos milliy uslubda ishlan- gan. S.H.m.m. mamluklar hukmronligi davri qurilishidan qolgan, ko’lami va hashamdorligi jihatdan eng ahamiyatli yodgorliklardandir.