SULTON UVAYS TOG’I
SULTON UVAYS TOG’I — Qoraqalpog’istondagi tog’tizmasi. Qizilqumning shim.g’arbida, Amudare- ning o’ng sohilida. Kenglik bo’ylab 40— 45 km masofaga cho’zilgan, eni 10-15 km. Tog’unchalik baland emas, atrofdagi te- kislikdan 350-400 m ko’tarilib turadi. Eng baland joylari: Qoraching’il (485 m), Achchiktog’ (473 m). Jan. yon bag’ri nis- batan tikroq. G’arbiy qismi bir qancha tepaliklarga (Shayxjali, quyonchiq, Zangibobo, Jumurtog’) bo’lingan. Yili- ga 80-100 mm yog’in tushadi. Yillik tra 12°-13°, yanv.ning o’rtacha t-rasi -5°, -8°, iyulniki 26°-28°. Doimiy oqar suvlar yo’q. Uz. 5-12 km li quruq soylar (Jamansoy, Qizilsoy, Kazansoy, Sulton- bobosoy, Kaxralsoy, Aximbeddinsoy)da faqat yog’ingarchilik vaqtida suv oqadi. Tektonik jihatdan antiklinal struk- tura. Kuchli burmalangan paleozoy davri metamorfik, cho’kindi, vulkanik tog’jin- slari (slanes, kvarsit, ohaktosh va b.)dan tashkil toptan. Cho’l tuproklarida shuvoq, rang kabi efemer o’simliklar, buloqlar atrofida turli xil butalar usadi.