Sulton Valad

Sulton Valad (Sultan Velet) Muhammad Bahouddin (1226, Qaraman, Ko’niya viloyati — 1312, Ko’niya sh.) — turk shoiri. Jaloliddin Rumiyning o’g’li. Su- fiylar orasida tarbiya olgan; o’zi ham Su- fiylikning mavlaviya tariqati boshlig’i (Shayx) bo’lgan. S.V.ning butun ijodi otasining hayoti, faoliyati va ta’limo- tini ommalashtirishga bag’ishlangan. Forsiy she’rlar devoni va «Valadnoma» dostonining muallifi. Mazkur Doston 3 ta mustaqil qismdan iborat: «Ibtido- noma», «Intihonoma» va «Rubobnoma». 1va 3qismlarda turk tilining Ko’niya lahjasida yozilgan kattakatta parchalar («saljuqona she’rlar») uchraydi. Bular kichik Osiyoda yaratilgan va sanasi aniq ko’rsatilgan (1301) dastlabki turkiycha she’rlardir. S.V.ning «Ilmnoma» riso- lasi ham bor. Ad.: Garbuzova B.C., Poeto’sredneve- kovoy Tursii, L., 1963.