Sudanliklar

Sudanliklar (Sudan arablar i) — xalq, Sudanning asosiy aholisi (13 mln. kishiga yakin). Shuningdek, Chad (1,29 mln. kishi) va b. mamlakatlarda ham yashaydilar. Umumiy soni 14,3 mln. kishi (1990y.lar o’rtalari). Dindorlari — sunniy musulmonlar. Sudanga ara- blar 7-a. o’rtalari — 9-a.larda Misrdan va qizil dengiz orqali Arabistondan kelishgan. 9— 10-a.larda ularni Afri- kaliklar bilan aralashuvidan arabsu- dan qabilalari vujudga kelgan. Ushbu qabilalar va b. kabila ittifoklari 1820 y. Misr tomonidan bo’ysundirilib ras- man Usmonli turk imperiyasiga qo’shib olingan. Evropaliklar, turklar, cherkas- lar, misrliklarni efiopiyalik va Jan. sudanlik cho’rilar bilan aralashuvidan Arab tilida so’zlashuvchi shahar aholisi paydo bo’lgan. S. dehqonchilik (paxta), chorvachilik bilan shug’ullanadi.