Struve Vasiliy Vasilevich

Struve Vasiliy Vasilevich [1889.21.1(2.2) — hoz. Sankt-Peterburg — 1965.15.9] — rus sharqshunosi, qad. Sharq mamlakatlari tarixini o’rganish bo’yicha mutaxassis. SSSR FA akad. (1935), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1943), tarix fanlari D-ri (1934). Peterburg un-tini tugatgan (1911). Leningrad un-tida ka- riyb 50 yil dars bergan (1916-65); er- mitajning Misr bo’limi mudiri (1918 — 33), SSSR FA etnografiya (1937-40) va Sharqshunoslik intlari (1941-50) (1959 y.dan 1965 y.gacha shu intning qad. Sharq bo’limi mudiri) direktori. Urush yillari (1941 y.dan) Toshkentda yashagan. 2 jilddan iborat O’zbekiston tarixini yaratishda bevosita ishtirok qilib, re- spublikada tarix fanining rivojiga ma’lum hissa qo’shgan. Qad. Sharq, jum- ladan, qad. Misr, Shumer, Bobil, OS- Suriya, Urartu, Eron, Falastin, kichik Osiyo, qora dengiz soxili va O’rta Osiyo tarixi va madaniyati tarixiga oid asar- lar muallifi. As: Istoriya Drevneyu Vostoka, M., 1941; Etyudo’po istorii Severnogo Pri- chernomorya, Kavkaza i Sredney Azii, L., 1968.