Suv osti sporti

Suv osti sporti — turli maso- faga tez suzish, sho’ng’ish, mo’ljal olish, turizm va maxsus anjomlar (akvalang, maska, Last)dan foydalanib suv ostida ov qilish. Bu sport turi qadim zamon- lardan ma’lum bo’lib, suv ostida turli musobaqalar o’tkazilgan, shuningdek, suv- ga sho’ng’ib suv ostidan marvarid, cho’kkan kemalardan buyumlar olib chiqishda qo’l kelgan. 1959 y. Monakoda suv ostida suzish sporti xalqaro federasiyasi tashkil etildi. 1957 y. suv ostida ov qilish bo’yicha jahon va Evropa chempionati o’tkazildi. 1967 y.dan suv ostida mo’ljal olish va suv ostida Last bilan suzish, 1968 y.dan suv ostida suzish bo’yicha Evropa, 1976 y.dan jahon chempiona- ti o’tkazila boshlandi. Suv ostida Last bilan suzish 100, 200, 400, 800, 1500 m, 4×100, 4×200 m ga suv havzasi (basseyn)da o’tkaziladi. 1500 m ga suzish esa ochiq suv havzalarida tashkil qilinadi. Suv osti- da suzish bo’yicha musobaka 50 m ga anjom- siz va 100, 400, 800 m ga sho’ng’ish anjom- laridan foydalangan holda o’tkaziladi. S.o.s. suv ostida kino va surat olish; i.t.lar qilish; harbiy ishlar va shu kabi- ni bajarishda amaliy ahamiyatga ega.