Sand (Sand) Jorj
Sand (Sand) Jorj (taxallusi; asl ism-sharifi Avrora Dyupen) (1804.1.7, Parij — 1876.8.6, noan, Endr departa- menta) — frantsuz yozuvchisi. Romanlari («Indiana», 1832; «Valentina», 1832; «Leliya», 1833; «Jak», 1834; «Sayok, sho- gird», 1840; «Yan Jijka», 1843; «yosh qizning e’tirofi», 1864; «so’nggi muhabbat», 1867) da ijtimoiy adolat va shaxs erkinligi, xususan, ayollar huquqi masalalari uning ijtimoiyutopik qarashlari b-n uyg’unlashgan. Frantsuz demokrat romanistlari an’analarini davom ettirgan S. 30y. larning o’rtalaridan boshlab sensimon- chilar g’oyalari, so’l respublikachilar qarashlari b-n qiziqqan. Uning «Mopra» (1837), «Oras» (184142) romanlari shu ruxda yozilgan. Isyonkor romantizm, mil- liy ozodlik kurashi pafosi «Konsuelo» (1842-43) romanida o’z ifodasini top- gan. S, shuningdek, «qor odam» (1858), «Rimlik Jan» (1859) kabi romanlar, «Hayotim tarixi» ko’p jildli memuar ham yozgan (1854-55).