Sariq kasalligi

Sariq kasalligi – jigarda hosil bo’ladigan bilirubin — o’t pigmen- tining (q. O’t) to’qimalarda to’planishi tufayli teri, ko’z oqi va shilliq parda- larining sariq tusga kirishi. S.k. qonda bilirubin mikdorining oshib ketishi natijasida paydo bo’ladi. Kelib chiqish sabablari va hosil bo’lish mexanizmiga ko’ra, S.k. jigarda paydo bo’luvchi, me- xanik va gemolitik xillarga bo’linadi. Jigar (parenximaga oid) S.k. jigar hujayralarining infektsion yoki toksik zaharlanishi natijasida paydo bo’lib, jigarda turli xil o’zgarishlar keltirib chiqaradi, bilirubinni ichakka o’tkazadi: axlat rangi oqarib, siydik to’qlashadi. Jigar S.k. aksariyat o’tkir gepatit ka- salligi (q. Virusli gepatit) tufayli, shuningdek, jigar hujayralarining alkogol ta’sirida zaharlanishi oqibatida kelib chiqadi. Mexanik S.k. o’t (safro)ning o’t yo’llaridan o’ta ol- masligi, mas, o’t pufagida toshlar paydo bo’lishi natijasida o’tning ichakka o’ta olmasligi va shu tufayli o’t yo’llarida to’xtalib qolgan safrodagi bilirubin to’g’ridanto’g’ri qonga o’tib ketishi sabab- li kelib chiqadi. Odatda, avval ko’z oqi, keyin yumshoq tanglayning shilliq pardasi, til osti, teri sarg’ayadi. Sariklikning kuchli- kuchsizligi qondagi bilirubin mik- dorining ko’pozligiga bog’liq. S.k.da ko’pincha teri kichishadi, chunki o’t kislo- ta teridagi periferik nerv oxirlarini qo’zg’atadi. S.k. paydo bo’lganida darhol vrachga murojaat qilish lozim. 2-3 kunlik chaqaloqlarda ko’pincha jigar funktsiyasidagi vaqtinchalik etishmovchilik natijasida badan sarg’ayishi — fiziologik sariqlik ku- zatiladi. Bu holat maxsus davoni talab qilmaydi va 1-2 haftada o’tib ketadi. Ba’zan ona b-n bolaning qoni birbi- riga mos kelmasa, ya’ni ona qoni rezus- manfiy bo’lib, homilaniki esa rezus- musbat bo’lsa, u holda ona b-n homila o’rtasida «rezusraqobat» yuzaga kelishi natijasida S.k. chaqaloklardagi Ge- molitik kasalliklar b-n birga davom etadi (q. Chaqaloqlarning gemolitik ka- salliklari). S.k. gohida homiladorlik istisqosida ham yuz beradi (q. Homiladorlik toksikozlari). Shonosir Shovohobov.