Sambitgul

Sambitgul (Nerium oleander) kendirdoshlar oilasiga mansub doimya- shil buta yoki kichikroq daraxt. Vata- ni — kichik Osiyo. O’rta dengiz bo’yida va Osiyoning subtropiklarida 5 turi uchraydi. Qrim va Kavkazda, qora den- giz bo’ylarida, O’rta Osiyoda manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Bo’yi 2-5 m, bargi qalin, to’q yoki och yashil na- shtarsimon. Guli 3-7,5 sm kattalikda, yirik, qatmaqat bo’lib, OK, pushti yoki kizil, ba’zan sariq, xushbo’y, novda uchi- da to’pgul hosil qiladi. Iyul—avg.da gullaydi. S.ning hamma qismi zaharli. Po’stlog’i va barglarida yurak kasalli- klarida ishlatiladigan neriin, nerian- tin, oleandrin va b. glikozidlar bor. S. qadim zamonlardan beri ko’pgina mamla- katlarda uyda va parkxiyobonlarda man- zarali o’simlik sifatida o’stiriladi. Urug’i va qalamchasidan oson ko’payadi.