San-Frantsisko

San-Frantsisko — AQShning g’arbiy qismidagi shahar, tinch ocean sohilida, Kaliforniya shtatida. Ser- tepali yarim orolda joylashgan. San- Frantsisko qo’ltig’i va Oltin darvoza bo’g’oziga qurilgan ko’priklar uni atro- fidagi shaharlar b-n bog’laydi. Aholisi 776,7 ming kishi (2000). AQSh g’arbidagi yirik savdomoliya va madaniyat markazi. M amlakatning tinch okean sohilidagi bosh porti (yili 45 mln. t yuk ortibtu- shiriladi). Transport yo’llari tuguni. 3 aeroportidan biri xalqaro ahamiyatga ega. S.F.da yirik banklar, firmalar idoralari faoliyat ko’rsatadi. Metall- sozlik, kemasozlik, tikuvchilik, oziq- ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Raketakosmik, radioelektronika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya sanoati korxonalari shahar chetida joy- lashgan. Metropoliten qurilgan. 3 un-t, konservatoriya, ilmiy tadqiqot intlari, teatrlar, muzeylar, kutubxonalar bor. Harbiy dengiz bazasi. Shaharga 1776 y.da asos solingan. 1945 y.da S.F.da bo’lib o’tgan xalqaro konferentsiyada BMT tash- kil etilgan.