SARICHELAK QO’RIQXONASI

SARICHELAK QO’RIQXONASI — Janubig’arbiy Tyanshan, Qirg’izistondagi qo’rikxona. 1960 y.da tog’yong’oqzorlari va mevazor urmonlarni asrash maqsadida tashkil etilgan. 1978 y.dan biosfera qo’riqxonasi. Mayd. 23,9 ming ga, shu jumladan, o’rmonzorlar 7148 ga. Chatqol tizmasining shim.Sharqiy qismida joylashgan. Quyi chegarasi dengiz sathidan 1200 m balaandlikdan o’tadi, eng baland nuqtasi — 4247 m (Mustur tog’i). Eng yirik ko’li — mayd. 507 ga bo’lgan Sarichelak ko’li. S.q.da 1000 dan ziyod o’simlik, shu jumladan, 150 daraxt va butalar turi bor. 2100 m balandlikkacha yong’oqzor va olmazorlar uchraydi. 2100-3000 m balaandlikda subalp mintaqasi bo’lib, oqqarag’ay va qoraqarag’ay o’rmonlari, undan yuqorida har xil o’tboshoqli o’tloklar bor. Hayvonlarning 40 dan ortiq, qushlarning 160 dan ortiqturi yashaydi. Hayvonlardan yovvoyi cho’chqa, elik, tog’ echkisi, arxar, oq tirnoqli ayiq, bo’rsiq, jayra, sug’ur, qushlardan ular, kaklik, ko’k qush va b. bor. Baqor va kuzda ko’llarga suv parrandalari uchib keladi. Oldin- dan qorabaliq bo’lgan ko’l va daryolarida sazan hamda karp iqlimlashtirilgan. Tog’o’rmonlari va o’tloqlarining ekoti- zimlarini ilmiy o’rganish, yong’oqzorlar va mevazorlarni tiklash ishlari olib boriladi. Abdushukur Xonazarov.