Sarhadobod

Sarhadobod (1999 y.gacha kush- ka) Turkmanistonning Mari viloyati- dagi shahar (1967 y.dan). Sarhadobod tumani markazi. Kushka daryosi vodiy- sida. Turkmaniston b-n Afg’oniston savdo yo’lidagi muhim aholi punkti. Sarhadobod — Mari — Hirot — Kandah°R xalqaro avtomobil trakti- da. Mari — Sarhadobod yo’nalishidagi t.y. stantsiyasi. Aholisi 11,6 ming kishi (1999). S.da mahalliy, oziq-ovqat sa- noatlari korxonalari, savdo, madaniy, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, musiqa, umumiy ta’lim maktablari, ku- tubxona, klub, kasalxona bor. S.ning Jan.sharqida Turkmaniston- ning eng Jan. chekkasi bo’lgan Qirqqiz (toj. Childuxtaron) mavzesi joylashgan. Shahar yaqinida pista o’rmon xo’jaligi va Bodxiz qo’rikxonasi bor. S. 1885 y.da rus mustamlakachilari tomonidan Kushka harbiy istehkomi sifatida bunyod etil- gan.