Sarkodalilar, soxta oyoqlilar

Sarkodalilar, soxta oyoqlilar (Sarcodina) — sarkomastigoforalar ti- piga mansub bir hujayrali hayvonlar sinfi. Tanasi sirtdan tsitoplazmatik membrana b-n qoplangan; hujayra qobig’I bo’lmaydi. Ko’pchilik turlari tanasi oqak yoki kremniy chig’anoq ichida joylash- gan; chig’anoq teshiklaridan tsitoplaz- masi o’simtalari (soxta oyoklar) chiqib turadi. Soxta oyoqlar (psevdopodiylar) harakatlanish va oziqni qamrab olish vazifasini bajaradi. Soxta oyoklar yassi parraksimon, ipsimon yoki nursimon bo’ladi. Yadrosi bitta yoki bir nechta. Chu- chuk suvda yashaydigan S.ning qisqaruvchi vakuolalari bor. Bakteriyalar, suvo’tlar, shuningdek, bir hujayrali hayvonlar b-n oziqlanadi. Ko’pchilik S noqulay sha- roitda tsista hosil qiladi. 2 ga yoki ko’p marta bo’linish (shizogoniya) va kurtakla- nish orqali jinssiz ham bir xil tip- dagi gametalar (izogametalar) yoki har xil tipdagi gametalar (anizogametalar) hosil qilish orqali jinsiy ko’payadi. 4 ta kenja sinf (ildizoyoqlilar, nur- lilar, quyoshlilar, akantariyalar)ga bo’linadi. 11000 dan ortiq turi ma’lum. Ko’pchilik S. dengizlar va chuchuk suvlar- da, bir qancha turlari tuprokda yo’sinli botqoqliklar va o’rmonlarda yashaydi. Ayrim turlari (mas, ichburug’amyobasi) parazit.