Sarmich oltin koni

Sarmich oltin koni — nu- rota tumanida, Qoratog’ning marka- ziy qismida joylashgan kon. 1968-73 y.larda konning uchta uchastkasida 15 ruda tanalari o’rganilib, istiqbolliligi aniqlangan. Ruda tanalari kvarsli to- mirsimon, ba’zan diorit va porfirit daykalaridan iborat, uz. 50 m dan 250 m gacha, qalinligi 0,6 m dan 6,0 m gacha. Rudali minerallar pirit, arsenopirit, galenit, kamroq mikdorida pirrotin, xalkopirit, markazit, oltin va kumush telluridlaridan hosil bo’lgan. Atrof- dagi jinslar, asosan, kvars, kaltsit, albit, xlorit, serisit kabi mineral — lardan tarkib topgan. Rudalarda foy- Dalai komponentlarning ma’lum qismi (oltinning 80— 90%, Kumushning 50 — 66%) erkin holda bo’lganligi tufay- li ularni ajratib olish jarayoni oson- lashadi. S.o.k.da oltin va kumushdan tashqari kamroq miqdorda qo’rg’oshin ham sanoat ahamiyatga ega bo’lgan kompo- nent deb belgilangan. S.o.k. 1980 y.gacha qisman qazib olingan.