Saxarimetriya

Saxarimetriya (rus. saxar — qand, shakar va metr) — eritmadagi qand miqdorini aniqlash usuli. Eritmadan o’tkazilgan yorug’lik qutblanish tekis- ligining burilish burchagini o’lchashga asoslangan. Maxsus asbob saxarimetrdan foydalaniladi. Saxarimetr, asosan, analizator va polyarizator kabi asbo- blardan iborat. Eritma solingan nay- cha shular orasiga qo’yiladi. Burilish burchagini o’lchash uchun analizatorning ikki (eritmali va eritmasiz) vaziyatlari farqini aniklash kerak. Eritmali naycha b-n analizator orasiga maxsus Kompen- sator qo’yiladi. S.da o’lchash shartlari standartlashtiriladi, saxarimetr shka- lasi esa % larda darajalarga bo’linadi. S. qand sanoati, biol. va tibbiyotda qo’llanadi.