Saxa tili

Saxa tili — turkiy tillarning Sharqiy tarmog’iga mansub til; RFning Saxa Respublikasida, qisman Amur, Ma- gadan, Saxalin viloyatlarida, Taymir va Evenk Muxtor viloyatlarida tarqalgan. S.t.da 430 mingdan ortiq kishi so’zlashadi (1993). Markaziy, Vilyuy, shim.g’arbiy va Taymir sheva guruxlari farqlanadi. Morfologiyasi agglyutinativ xarakterda bo’lib, sonlar, olmoshlar xamda kelishi- klar bo’yicha boshqa turkiy tillardan bir kadar farklanadi. Leksikasida o’z fone- tik qiyofasini saqlab qolgan mo’g’ulcha o’zlashmalar, shuningdek, evenk va rus ti- lidan kirgan so’zlar ko’plab uchraydi. S.t.ning umumxalq yozuvi 1922 y.da S.A.Novgorodov tomonidan yaratilib, 1924 y.da takomillashtirilgan; 1929 y.dan lotin grafikasi asosidagi, 1939 y.dan esa rus grafikasi asosidagi yozuv- ga almashtirilgan. Adabiy til Saxa Re- spublikasining Markaziy hududidagi so’zlashuv tili asosida rivojlangan.