Saxalar

Saxalar (rus manbalarida yakut- lar) — xalq. Saxa Respublikasining tub aholisi (365 ming kishi, 1990y. lar o’rtalari). Rossiyada jami 380 ming kishi. Saxa tilila so’zlashadi. Dindor- lari — pravoslavlar. S. etnogenezi juda murakkab. S. Baykal bo’yidan Lena daryosining o’rta oqimi bo’yiga ko’chib kelib (10-14-15-a.larda), tub aholi (evenklar, yukagirlar) b-n qo’shilib ke- tishgan. S. turkiyzabon xalqlardan uzokdashib ketsalarda, chorvachilik b-n shug’ullansalarda, lekin o’z qo’shnilari — Shim.da yashovchi, ovchilik xo’jaligi yurituvchi kichik xalqdardan keskin farq qilishadi. S, shuningdek, dehqonchilik, polizchilik, baliq ovlash, bug’uchilik va hunarmandchilik b-n shug’ullanadi.